Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
0

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish

Elektr energiyadan foydalanuvchi maishiy iste’molchilar uchun yaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlar

"Elektrhisob" dasturiy kompleksining asosiy afzalligi shundaki, elektr energiya iste’molchilari uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri mobil telefonlari (SMS-xabar) va internet tizimi orqali elektr energiyasi iste’moli haqida barcha kerakli ma’lumotlarni olish imkoniyatlari mavjudligidir.

Iste’molchining mobil telefon raqami elektr ta’minot korxonasiga murojaat etilganda yoki to‘lov tizimi orqali to‘lovlar amalga oshirilganda va www.uzbekenergo.uz (http://www.uzbekenergo.uz/) rasmiy saytida maishiy iste’molchining shaxsiy kabinetiga kirgan holatlarda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

Iste’molchining mobil telefon raqami "Elektrhisob" dasturida ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng, iste’molchi mobil telefon orqali tushgan to‘lovlar, kiritilgan hisoblagich ko‘rsatgichlari, hamda hisob raqami holati haqidagi qisqa ma’lumotlarni ko‘rishi mumkin. Buning uchun iste’molchi 2100 qisqa raqamga "D" harfini yuborib balans holati haqida ma’lumot oladi, asosiysi yuborilgan barcha SMS so‘rovlar va javob xabarlari uchun iste’molchilardan to‘lov olinmaydi.

Shuningdek, "O’zbekenergo" AJ rasmiy saytida maishiy iste’molchilar uchun "Shaxsiy kabinet" orqali tushgan to‘lovlarni, kiritilgan hisoblagich ko‘rsatkichlarni, hisob-kitob tarixi haqidagi ma’lumotlarni ko‘rish, hamda qarzdorlik mavjud emasligi, hisoblagich almashtirish, tamg‘alashtirish va boshqa xizmatlar uchun so‘rovlar yuborish imkoniyatlari yaratilgan.

Bugungi kunda respublika bo‘yicha 4 352 000 maishiy iste’molchilarning mobil telefon raqamlari "Elektrhisob" DK ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Hozirda iste’molchilar bilan hisob-kitoblarni yuritishning avtomatlashtirilgan "Elektrhisob" billing tizimi to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilingan bo‘lib, to‘lovlarni elektron ko‘rinishida qabul qilish: Ipoteka, O’zsanoatqurilish bank, Xalq bank, Agrobank, Hamkor bank, Aziya Allyanc Bank, Aloqa bank, Qishloq qurilish banki, O’zbekiston pochtasi, Paynet, SMS-to‘lov Markaziy bankning "MUNIS" tizimi orqali "MBank", WEB-SUM, Clik, Payme va boshqa tizimlar orqali amalga oshirilmoqda. Clik, Payme, "Moy bank" va SMS-to‘lov tizimlarida to‘lov internet va mobil telefon orqali amalga oshiriladi. Bu to‘lov tizimlari juda sodda va foydalanishda qulay bo‘lib iste’molchilar tomonidan keng ko‘lamda foydalanilmoqda.

To‘lovlar "on-line" rejimida amalga oshirilganda ma’lumotlar real vaqt rejimida, xatosiz, to‘g‘ri iste’molchining hisob raqamiga kelib tushishi ta’minlangan.

"Elektrhisob" dasturiy kompleksini joriy etilishining eng asosiy maqsadi, elektr energiyasi iste’molchilarining vaqtini tejash, ortiqcha mablag‘ sarflash va aldanishdan xalos etishdan iboratdir. Iste’molchi bir marotaba telefon raqamini ro‘yxatdan o‘tkazish natijasida o‘z hisob raqami haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.

Shaxsiy kabinet

yuridik iste’molchilar uchun
  • Xarajatlarni holati bo'yicha o'z vaqtida axborot
  • SMS to'lov haqida xabardor
  • kompaniyalar va savdo bilan hisob-kitoblar oshkoralik
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech