Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2017 yil 22 avgust kuni O’zbekiston Milliy matbuot markazida “Mustaqillik yillarida aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, belgilangan chora-tadbirlar, erishilgan natijalar va muammolar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda “O’zbekenergo” AJ rahbariyati, jamiyat tarkibidagi korxona rahbarlari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.

Ma’lumki, istiqlol yillarida mamlakatimiz iqtisodiyotining elektr energetika sohasi jadal sur’atlar bilan rivojlanib, O’zbekiston energiya manbalari bo‘yicha o‘zini-o‘zi to‘liq ta’minlaydigan davlatga aylanmoqda.

Elektr energetika sohasini bosqichma-bosqich rivojlantirish, elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va sotish tizimida jahon tajribalariga mos iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasini hosil qilishga doir loyihalarni qisqa muddatlarda amaliyotga jadal joriy etish, iste’mol hajmlarini kengaytirishda aholi sonining o‘sishi va hududlarning rivojlanish istiqbollarini hisobga olish kabi masalalar kun tartibida turibdi.

Shuni alohida qayd etish zarurki, aholining elektr energiyaga bo‘lgan ehtiyoji ham kundan kunga ortib bormoqda. Masalan, 2000 yilda bitta xonadonga to‘g‘ri kelgan oylik iste’mol 114 kVt∙soatni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilga kelib bu ko‘rsatkich 160 kVt∙soatga yetib 35 foizga ortdi.

Albatta buning sababi, aholining turmush darajasining o‘sishi natijasida turli maishiy elektr jihozlari, ya’ni qish-yoz konditsionerlari, mikroto‘lqinli plitalar, televizorlar, kompyuter texnikalari, kir yuvish mashinalari va hokazolarni turmushda foydalanish ko‘lami ortayotganligidir.

Anjumanda Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2017 yil Respublika Hukumatining iqtisodiy va ijtimoiy dasturining eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalarni bajarish maqsadida “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, joriy yil uchun energetika sohasiga oid muhim vazifalar belgilangani ta’kidlandi. Ular iste’molchilarning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda elektr energetika tizimini barqaror rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir.

Sohada yangi texnologik yechimlardan foydalanish, xizmatlar hajmini oshirish bilan birga, sarflanayotgan shartli yoqilg‘i miqdorini kamaytirish, asosiy quvvatlar va yordamchi xo‘jaliklarda muqobil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish borasida, zamonaviy va yangi texnologiyalarni jalb etish maqsadida loyihalar ishlab chiqilgani ta’kidlandi.

Raqamlarga murojaat qiladigan bo‘lsak, 1990 yilda aholining jami iste’moldagi ulushi 10,3 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2000 yilda 13,9 foizni, 2016 yilga kelib esa 25,2 foizni tashkil etgan.

Shunga ko‘ra, jamiyat tomonidan Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlikda asosiy e’tibor iste’molchilar bilan to‘lovlar intizomini mustahkamlash hamda mavjud qarzdorlikni o‘z vaqtida va to‘liq undirishga qaratilmoqda.

Elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga asoslangan holda amalga oshirilayotgan ishlar natijasida elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilish tizimini tartibga solish, elektr energiya uchun hisob-kitob qilish mexanizmini takomillashtirish, iste’molchilarning elektr energiyasidan oqilona foydalanishi hamda qoidabuzarliklar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni ta’minlaydi.

Matbuot anjumanida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob qaytarildi.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech