Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21 iyul kuni Toshkentdagi “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida “O’zbekenergo” AJ hamda Koreya elektr energiya korporatsiyasi (КЕРСО) o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolanishiga bag‘ishlangan marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda “O’zbekenergo” AJ rahbariyati, Koreya elektr energiya korporatsiyasi (КЕРСО) Prezidenti va ijrochi direktori janob Cho Xvan Ik boshchiligidagi delegatsiya hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Istiqlol yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar iqtisodiyotning ko‘plab tarmoqlari, shu jumladan energetikani rivojlantirishda muhim omil bo‘lib bormoqda. Mamlakatimizda elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi quvvatlarni ishga tushirish borasida yuksak muvaffaqiyatlarga erishilmoqda. Bu borada “O’zbekenergo” AJ tomonidan elektr-energetika tarmog‘ini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash, energiya tejash, yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish, energiya ishlab chiqarishdagi eng yangi texnologiyalarni joriy etish, qayta tiklanadigan energetikani rivojlantirish va sohada xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

Memorandumni imzolanishidan asosiy maqsad energetika tizimida o‘zaro tajriba almashish hamda birgalikda faoliyat yuritish orqali ikki tomonlama yuqori natijalarga erishishdan iboratdir. Marosim avvalida har ikkala tomonning sohada erishilayotgan natijalari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berildi. Shundan so‘ng “O’zbekenergo” AJ Boshqaruv raisi Ulug‘bek Mustafoyev va Koreya elektr energiya korporatsiyasi Prezidenti va ijrochi direktori janob Cho Xvan Ik o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjatga asosan Osiyoning yirik energetika kompaniyasi va “O’zbekenergo” AJ o‘rtasida hamkorlik quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan:

- zamonaviy yangi energetika texnologiyalarini tatbiq etish bilan sohani rivojlantirish;

- energiyani boshqarish tizimi, dispetcher nazorati va ma’lumot to‘plash tizimi hamda tegishli axborot texnologiyalari sohalarida elektroenergetika tarmog‘i masalalari bo‘yicha ma’lumot va axborot almashish va ulardan birgalikda foydalanish

- elektr ta’minoti infratuzilmasini modernizatsiyalash va O’zbekiston energetika sektori samaradorligi masalalari bo‘yicha ma’lumot va axborot almashish;

- ekspertlar, muhandislar va energetika biznesida ish tajribasiga ega mutaxassislarni jalb qilish;

- maslahat va konsalting xizmatlarida ishtirok etish, xodimlarni o‘qitish hamda energetika biznesining boshqa sohalarida va o‘zaro manfaatli loyihalarda hamkorlik qilishdan iboratdir.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech