Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

2017 yil 12 aprelda “O’zbekenergo” AJ tomonidan 2016 yilda amalga oshirilgan investitsiya loyihalari va past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish bo‘yicha amalga oshiralayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Iqtisodiyot tarmoqlarining jadal rivojlanishi hamda aholi ijtimoiy hayotining farovonlashib borishi natijasida energetika resurslariga bo‘lgan talab kundan-kunga oshib bormoqda. Shu bois ham “O’zbekenergo” AJ tomonidan energiya ishlab chiqarish quvvatlari va elektr tarmoqlarini rekonstruksiya hamda modernizatsiya qilish bo‘yicha istiqbolli loyihalar hayotga tatbiq qilinmoqda. Soha mutaxassislari tomonidan asosiy e’tibor ishlab chiqarish kuchlarining imkoniyatlarini yanada oshirishga, ko‘p energiya sarflaydigan, ma’nan va jismonan eskirgan uskunalarni texnologik jihatdan zamonaviy, energiya tejamkor elektr uskunalariga almashtirishga qaratilgan.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi 4707-sonli “2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy qayta o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiyalashtirish chora-tadbirlar Dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni va hukumatning bir qator qarorlariga muvofiq 2021 yilga qadar 52 ta investitsiya loyihalarni amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu loyihalarni o‘z vaqtida amalga oshirishni ta’minlash maqsadida, jamiyat tomonidan doimiy ravishda tegishli choralar ko‘rilib, yuqori texnologiyali uskunalarni o‘rnatish va sohaga ilg‘or xorijiy tajribalarni tatbiq etish hamda qo‘shimcha xorijiy investitsiyalarni jalb etish borasida xalqaro moliya institutlari, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

2016 yilga mo‘ljallangan Investitsiya Dasturiga asosan “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 5 ta yirik ob’ektlar foydalanishga topshirildi. Jumladan:

1. “Tolimarjon IES”da quvvati 450 MVt bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasi ishga tushirilib, bu yerda yiliga 7 mlrd. kVt∙soatdan ortiq qo‘shimcha elektr energiyasi ishlab chiqariladi;

2. “Angren IES”da yuqori kulli ko‘mirni yoqishga mo‘ljallangan 150 MVt quvvatli energoblok qurilib ishga tushirildi. Yangi energoblokning ishga tushirilishi bilan stansiyada yiliga 1 mlrd. 50 mln kVt∙soat elektr energiyasi va 624,2 ming Gkal issiqlik energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratildi;

3. “Angren-Pop” elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasining ta’minlovchi podstansiyalariga tashqaridan elektr quvvati yetkazib beruvchi ob’ektlarni qurish” loyihasi bo‘yicha umumiy uzunligi 23,77 km bo‘lgan 110 - 220 kV havo liniyasi (HL) va 200 MVA transformatori, shuningdek “Samarqand-Buxoro” yo‘nalishi bo‘yicha umumiy uzunligi 20,2 kmga teng 110 kV havo liniyasi ishga tushirildi.

4. “Armatura va izolyatorlarni ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha Angren erkin iqtisodiy hududida “Armatura-izolyator zavodi” qo‘shma korxonasining 1-chi bosqich ishlari yakunlanib, hozirgi vaqtda liniyalarni bir-biriga bog‘lovchi armatura ishlab chiqarilmoqda.

2016 yil 23 dekabrda “O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi 2697-sonli qaroriga muvofiq energetika tizimidagi ob’ektlarni modernizatsiya qilish va yangi kurilayotgan investitsion loyihalarni amalga oshirish ishlari davom ettiriladi. Investitsiya dasturiga muvofiq 2017 yilda 29 ta yirik investitsiya loyihalari amalga oshirilishi mo‘ljallangan bo‘lib 2 ta loyiha bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlanib, foydalanishga topshiriladi. Bular:

1. Qandim gazni qayta ishlash zavodini tashqi elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 90 km masofadagi 220 kV li havo liniyasi quriladi.

2. “Elektr energiya iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashgan tizimini joriy qilish. O’zbekiston Respublikasining Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 0,4 kV iste’molchilarni hisobga olish tizimi” dasturi bo‘yicha 1,0 mln.dan ortiq avtomatlashtirilgan elektron hisoblagichlar o‘rnatiladi.

Shu qatorda, respublika elektr tarmoqlarining faoliyati darajasi va sifatini yanada oshirish, mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratish va aholi yashash sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida past kuchlanishli elektr tarmoqlarining joriy holati tahlil qilinib 2017-2021 yillarda past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish hisobiga respublika shahar va qishloqlari aholisining elektr energiyasidan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilingan.

Bu dastur elektr energiyasiga bo‘lgan kelgusidagi talabning ortishini, energetikaning rivojlanishini va past kuchlanishli elektr tarmoqlari faoliyati tejamliligini oshirishni e’tiborga olgan holda iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta’minlash, ishonchliligini oshirish bo‘yicha boshlangan tarkibiy o‘zgartirishlarning davomi hisoblanadi.

Davlatimiz rahbarining 2016 yil 23 noyabrdagi “2017-2021 yillarda past kuchlanish tarmoqlarni modernizatsiya va yangilash Dasturi to‘g‘risida”gi № PQ-2661 qaroriga asosan 34 ming km dan ortiq 0,4-6-10 kV elektr tarmoqlari hamda 6 931 dona transformator punktlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Buning uchun esa qariyib 836 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ sarflanishi ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, respublikamizdagi 2272 ta mahallada 2479 ming iste’molchi-larning elektr energiya ta’minoti yanada yaxshilanadi, texnologik yo‘qotishlarning 669,61 mln.kVt∙soatga, yillik ekspluatatsiya xarajatlarini 2015 yilga nisbatan 15,3% ga qisqartirishga erishiladi.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech