Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Joriy yilning 20 fevral kuni O`zbekiston milliy matbuot Markazida “O`zbekko`mir” AJ tomonidan “Sohani istiqbolli rivojlantirish bosqichlari” mavzusida matbuot anjumani o`tkazildi. Unda Aksionerlik jamiyatining mutasaddi xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

“O`zbekko`mir” oksionerlik jamiyati mana 69 yildirki, ko`mir qazib chiqarish faoliyati bilan shug’ullanadi. Soha mutaxassislarining tahlillariga ko`ra mamlakatimiz hududida 5,7 mlrd tonna atrofida ko`mir zahiralari mavjud bo`lib, shundan 1 900 mln tonna zahira o`rganib chiqilgan (bundan 1853 mln. tonnasi qo`ng’ir ko`mir, 47 mln tonnasi toshko`mir zahirasi). Jamiyat tasarrufidagi korxonalar har yili 4 mln tonna atrofida ko`mir qazib chiqaradi. Mahsulotning 85 foizi elektr energetikasi sohasiga yetkazib beriladi. Aholi, ijtimoiy va kommunal sohalar ham qattiq yoqilg’ining asosiy iste’molchilari hisoblanadi.

Tadbirda Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 30 dekabrdagi “Respublika aholisi va budjet tashkilotlariga ko`mir mahsulotlarini yetkazib berish mexanizmini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar” to`g’risidagi 422 - sonli qaroriga muvofiq mamlakatimizning barcha hududlarida 84 ta ko`mir ombori qurilishi va briket ishlab chiqarish uskunalari bilan jihozlanishi borasida olib borilayotgan ishlar haqida jamiyat mutaxassislari keng ma’lumot berishdi.

Ko`mir omborlarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining umumiy qiymati 45,4 mlrd so`mni tashkil qiladi. O`zbekiston Respublikasi davlat-tijorat Xalq bankining yillik stavkasi 7 foiz bo`lgan 2 yil muddatga beriladigan krediti moliyalashtirish manbai etib belgilangan. Bu ko`mir briketlari ishlab chiqarish yillik hajmini 800 ming tonnadan oshirish imkonini beradi.

Shu bilan bir qatorda 2017 yil 1 martgacha “O`zbekiston temir yo`llari” aksiyadorlik jamiyatiga temir yo`l tashuvlari uchun amaldagi preyskurant stavkalarining 50 foizi miqdoridagi chegirma berishi hisobiga aholi uchun ko`mirning chakana narxi 13 foizga kamaytirilib ayni paytda bir tonna mahsulot narxi 126 ming 400 so`mni tashkil qilmoqda.

Shuningdek, “Ko`mir sanoatini 2017-2021 yillarda rivojlantirish va modernizatsiya qilish” bo`yicha Dastur loyihasi ishlab chiqilgan bo`lib, bunga ko`ra 6 ta investitsion loyiha amalga oshiriladi. Shundan:

1. “Sharg’unko`mir jamiyatini modernizatsiya qilish” loyihasi.

2. “Angren shaxtasini qurish” loyihasi.

3. “Nish-bosh shaxtasini qurish” loyihasi.

4. “Jismonan va ma’nan eskirgan jihozlarni yangilariga almashtirish” loyihasi.

5. “O`zbekko`mir”AJ ishlab chiqarish quvvatlarini qo`llab-quvvatlash” loyihasi.

6. “Temir yo`l transportini modernizatsiya qilish” loyihasi.

Ushbu loyihalarni amalga oshirish hisobiga soha korxonalarida ko`mir ustini ochish hajmlari 2016 yilda 21 mln kub metrdan, 2017 yilda 22,3 mln kub metrga, 2019 yilda 26,8 mln. kub metrga 2021 yili 27,8 mln kub. metrga yetkaziladi (1,3 barobar oshadi). Ochiq usulda ko`mir qazib olish 2016 yildagi 3,6 mln tonnadan, 2017 yilda 3,72 mln tonnaga, 2019 yilda 3,97 mln tonnaga, 2021 yilda 4,17 mln tonnaga yetkaziladi (1,3 barobar oshadi).

Shu bilan birga, bosqichma-bosqich uchta konning ishga tushirilishi bilan ko`mir qazib olish umumiy hajmlari 2016 yildagi 3,87 mln tonnadan, 2017 yilda 3,92 mln tonnaga, 2019 yilda 4,78 mln tonnaga, 2021 yilda 11,67 mln tonnaga yetkaziladi (3,1 barobar oshadi).

Matbuot anjumani so`ngida soha mutaxassislari tomonidan ommaviy axborot xodimlarini qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech