Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O‘zbekenergo” AJ tomonidan 2016 yil 15 sentyabrda “Iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar intizomini mustahkamlash hamda elektr energiyasini nazorat va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini tatbiq etish bo‘yicha “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar” mavzuida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan energetika sohasini isloh qilish bo‘yicha muhim ishlar amalga oshirilmoqda, shundan kelib chiqqan holda 2011 yilda Mamlakat miqyosida elektr energiyasini nazorat qilish va hisoblashning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ni joriy etish bo‘yicha loyihani amalga oshirish to‘g’risida qaror qabul qilingan. Aynan mazkur loyihani amalga oshirish O‘zbekiston energetika sohasi moliyaviy imkoniyatini ortishiga yordam beradi. Loyihadan ko‘zda tutilgan maqsad elektr energiyasi hisobining aniqligi, to‘g‘riligi va to‘liqligini ta’minlashga imkon beruvchi yangi elektron hisoblash asboblarini o‘rnatish evaziga elektr energiyasi hisoblash tizimini takomillashtirishdan iboratdir.

2015 yilda Koreyaning “KT” korporatsiyasi “Elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tadbiq etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Buxoro, Samarqand va Jizzax viloyatlarida 0,4 kV ga ulangan iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish tizimini shakllantirish” loyihasi bo‘yicha mahsulot yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish uchun xalqaro tender savdolarining g‘olibi deb e’lon qilingan. Loyiha bo‘yicha belgilangan ishlar 2016 yilda boshlandi. Hozir uchta hududiy elektr tarmoqlari korxonalari (HETK)da server jihozlarini, shuningdek respublikaning shu yo‘nalishdagi tajriba ishlari olib borilayotgan hududlarida (Jizzax viloyatidagi Yangiobod ETK, Samarqand viloyatidagi Go‘zalkent ETK va Buxoro viloyatidagi Qorovulbozor ETK) hisoblash asboblarini yetkazib berish va o‘rnatish bo‘yicha amaliy harakatlar olib borilayapti. Hisoblash asboblari bilan tizim o‘rtasida ravon aloqani ta’minlash maqsadida “KT” korporatsiyasi vakillari hududni to‘la o‘rganmoqda va aloqa turlarini tekshirish va keng qamrovli tarmoqni ishlab chiqish uchun elektr uzatish liniyalari aloqasini o‘lchash ishlarini olib bormoqda. Loyihani amalga oshrishdagi asosiy va muhim qadamlardan biri loyiha yakunlangach “O‘zbekenergo” AJ va HETKning butun tizimni boshqaradigan xodimlariga zarur bilimlar berishdan iborat.

Intellektual hisoblagichlarni o‘rnatish evaziga ASKUE tizimini joriy etish vositasida elektr energiyasini nazorat qilish va foydalanilgan elektr energiyasini hisobga olish bo‘yicha joriy tizimni takomillashtirish elektr energiyasi hisobining aniq va to‘g‘ri bo‘lishini, yuqori sifatli energiya ta’minoti va iste’molchilar moliyaviy intizomi ta’minlanadi.

Shuningdek, “KAIFA” kompaniyasi tomonidan yangi intellektual hisoblagichlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot taqdim etildi. Ular turli anglashilmovchiliklarni aniqlash va bunday holatlar aniqlanganda darhol iste’molchini tarmoqdan uzib qo‘yish va to‘lov amalga oshirilmaganda masofadan o‘chirib qo‘yish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari yangi hisoblagichlar mijozlarga foydalanilgan elektr energiyasining miqdori, turli mavsum yoki sutka vaqtlarida foydalanish davomiyligi va boshqalarga asoslangan holda moslashuvchan tariflardan foydalanish imkonini beradi. Ushbu hioblagichlar O‘zstandart tomonidan tasdiqlangan. Shu tariqa ASKUEning joriy etilishi energiyadan foydlanishni hisobga olishning ilg‘or texnologiyalarini qo‘llash natijasida ham “O‘zbekenergo” AJ va barcha toifadagi iste’molchilarga, shu jumladan maishiy, tijorat va sanoat iste’molchilariga sezilarli foyda keltiradi. Xususan, bu elektr energiyasi sifatini oshirish va uzib qo‘yishlarni qisqartirish, hisoblarni ochiq-oydin taqdim etish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, tarmoqlarda uzilishlar va boshqa muammolar bo‘lganda tezda chora ko‘rish, elektr energiyasini uzib qo‘yishlarning kamayishi evaziga ayollarning uy yumushlari va bolalarga qarash vaqtini qisqartirishga yordam beradi.

Loyihani to‘liq amalga oshirish 2017 yilning dekabr oyi oxirida rejalashtirilgan.

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati

Istiqlol ko‘chasi, 6 uy. Telefonlar: 236-63-81, 233-69-10 (faks)

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech