Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
4 Apr 2019

Avval xabar qilganimizdek, Prezidentimizning 2018 yil 23 oktyabrda “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, 2021 yil yakunigacha 7 milliondan ortiq iste’molchilarning barchasi elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanishi belgilangan.

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod tumanida Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE) ni joriy etish ishlari jadal boshlab yuborilgan bo‘lib, hisoblagichlar iste’molchilarga “O‘zbekenergo” AJ mablag‘lari evaziga (bepul) almashtirilib beriladi.


Bugungi kunda tumandagi ko‘plab fuqarolarimiz tomonidan elektr hisoblagichlar xonadon egasi ishtirokisiz almashtirilayotganligi yuzasidan tushunmovchilik va e’tirozlar ko‘paymoqda.

Shuni inobatga olib, Yunusobod tumanidagi barcha iste’molchilar yoki voyaga yetgan iste’molchi vakillari ertalab soat 8:00 dan 18:00 ga qadar o‘z xonadonlarida bo‘lishini ta’minlashingizni hamda imkon qadar hisoblagichingiz ko‘rsatkichini foto sur’atga olib qo‘yishingizni iltimos qilamiz.

Almashtirish jarayonida qaysi ko‘rsatkich bilan hisoblagich yechilishini iste’molchi vakili, elektr energiya ta’minoti korxonasi xodimi hamda Majburiy ijro byurosi xodimi ko‘rishi kerak. Ushbu yechilayotgan hisoblagich ko‘rsatkichidan kelib chiqib, iste’molchining qarzdorligi (debitor yoki kreditor) shakllanadi.

Qo‘shimcha tarzda ushbu ma’lumotni Yunusobod tumanidagi qo‘ni-qo‘shnilaringiz hamda qarindoshlaringizga yetqazishingizni iltimos qilamiz.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot xizmati
Просмотров: 756

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech