Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
6 Feb 2019

So‘nggi yillarda mamlakatimizda, eng avvalo, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Shular qatori energiya samaradorligi va aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasida ham ulkan ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Davlatimiz rahbarining 2016 yil 2 iyundagi Qaroriga asosan, “Tahiatosh IES – “Xorazm” nimstansiya – Sarimoy aholi punkti (Xorazm viloyati) 220 kVtli elektr uzatish liniyasi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda.

Loyiha doirasida umumiy uzunligi 364 km. bo‘lgan 220 kVtli Tahiatosh issiqlik elektr stansiyasidan “Xorazm”nimstansiyasi hamda Sarimoy aholi yashash joyigacha yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi qurilishi rejalashtirilgan. Loyihada Xorazm viloyatida joylashgan “Xorazm” nimstansiyasini kengaytirish va qayta qurish hamda nimstansiyada joylashgan quvvati 125 MVA.li ma’naviy eskirgan ikkita avtotransformator o‘rniga quvvati 200 MVA. bo‘lgan zamonaviy avtotransformatorlarga o‘zgartirish va Sarimoy aholi yashash joyiga yaqin 220 kVtli qayta ulagich punktini qurish rejalashtrilgan. Loyiha bo‘yicha 56 ishchi o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur loyiha energotizimning Shimoliy-G‘arbiy hududi hamda Xorazm viloyati iste’molchilarining elektr ta’minoti ishonchliligini oshirish, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida elektr energiyasi tanqisligini kamaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, magistral elektr tarmoqlari faoliyatining ishonchliligini oshirib, iqtisodiyot sohalari iste’molchilari va aholini uzluksiz elektr ta’minoti bilan ta’minlaydi hamda uskunalarning kapital ta’mirlash xarajatlarini kamaytiradi.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot xizmati
Просмотров: 438

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech