Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
8 Nov 2018

2018 yil 2 noyabr kuni Ostana shahrida MDH Elektr energetika Kengashining 53-majlisi bo'lib o'tdi. Unda Mustaqil davlatlar hamdo'stligiga a'zo mamlakatlar energetika kompaniyalari rahbarlari ishtirok etishdi.

MDHga a'zo mamlakatlar elektr energetika tizimlari birlashmasining samarali faoliyati asosida hamdo'stlik davlatlari iqtisodiyoti va aholisini elektr energiyasi bilan barqaror va ishonchli ta'minlash Kengashning bosh maqsadi hisoblanadi.

O'tkazilgan navbatdagi majlisda O'zbekiston delegatsiyasi rahbari "O'zbekenergo"AJ Boshqaruv raisi Ulug'bek Mustafoev ishtirok etdi va quydagilarni ta'kidladi.

O'zbekiston Respublikasining elektr energiya tizimi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo'yicha belgilangan chora-tadbirlar 100 foizga bajarilib, iste'molchilarga uzluksiz elektr energiyasi etkazib berish ta'minlanmoqda. Joriy yilda ish samaradorligi ikki marta yuqori bo'lgan hamda gaz sarfini 2 barobar kam sarflaydigan 370 MVtli energoblok Toshkent IESda to'liq quvvat bilan ishga tushirilish munosabati bilan, har kuni o'tgan yilga nisbatan 9 million kVt.s ko'p elektr energiyani tejamkor holda ishlab chiqarilmoqda.

Shuningdek, tadbir davomida “Energotizimni 2018 - 2019 yillar kuz-qish davrida ishlashga tayyorlashning borishi to'g'risida”gi, “MDH doirasida energetika sohasidagi xalqaro shartnomalar, MDH Elektr energetika Kengashining me'yoriy va texnik hujjatlari to'g'risida”gi, “Ishchi guruhning energosmaradorlik va tiklanadigan energetika bo'yicha hujjatlari to'g'risida” gi va kun tartibidagi boshqa masalalar ko'rib chiqildi.

Majlis yakunlariga ko'ra, MDH Elektr energetika Kengashiga a'zo davlatlar elektr energetika sohasida hamkorlik va hamkorlik strategiyasiga (asosiy yo'nalishlarga) o'zgartirish kiritildi va tasdiqlandi. Shuningdek, energetika sohasida xodimlar tayyorlash, MDH Elektr energetika Kengashi ishchi guruhining faoliyati hamda 2019 yilgi ish rejasi ko'rib chiqildi hamda qabul qilindi. Bundan tashqari, MDH mamlakatlaridagi bir qator soha vakillarini "MDHda xizmat ko'rsatgan energetik" faxriy unvoni bilan taqdirlash to'g'risida qaror qabul qilindi.

Ma'lumot o'rnida: MDH Elektr energetika Kengashi 1992 yil 14 fevralda MDHning elektr energetika sohasida davlatlararo munosabatlarni muvofiqlashtirish bo'yicha hukumatlararo bitimga asosan tashkil etilgan.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot markazi
Просмотров: 316
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech