Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
17 Apr 2019

Hukumat qarori (310-son, 13.04.2019 y.) bilan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi elektr energiya tarmog‘idagi tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Hujjat bilan, tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Iste’molchilarning elektr energiyasidan asoslangan va raqobatli tariflar bo‘yicha foydalanishini ta’minlash shular jumlasidandir.

Tariflarni belgilashda aholining kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlari ijtimoiy himoya qilinadi.

2023 yilgacha tariflarni shakllantirish metodikasiga bosqichma-bosqich o‘tiladi.

2023 yildan boshlab elektr energiyasi uchun tariflar kamida 3 yil muddatga amal qiladi.

O‘zaro maqbul tariflarni belgilash orqali iste’molchilar va elektr energetika tarmog‘i tashkilotlarining manfaatlari muvozanatga keltiriladi.

Hujjat bilan tariflarni shakllantirishning prinsiplari belgilandi.

Jumladan, tariflarni shakllantirishda kamsitmaydigan yondashuv joriy etiladi, tariflarni belgilash asoslanmagan siyosiy ta’sirga duchor etilmaydi.
Manba: “O‘zbekenergo” AJ matbuot xizmati
Просмотров: 2010

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech