Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
17 Oct 2018

“O'zbekenergo” AJ rahbariyati bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (DJAYKA) direktorining Markaziy Osiyo va Kavkaz bo'yicha o'rinbosari janob Kei Toyama o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda elektr energetika sohasidagi hamkorlikning amaldagi holati va istiqboldagi yo'nalishlari muhokama qilindi. Shunigdek, Yaponiyaning ilg'or texnologiyalari ishtirokidagi investitsion loyihalarning amalga oshirilish jarayoni ko'rib chiqildi.

Tomonlar “O'zbekenergo” AJ bilan Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi o'rtasidagi uzoq muddatli va o'zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash bo'yicha kelishuvga erishdilar.

Shuningdek, uchrashuv davomida o'zaro hamkorlikning yangi yo'nalishlari hamda 2018 yil 25 oktyabrda Tokio shahrida bo'lib o'tadigan Iqtisodiy hamkorlik bo'yicha O'zbekiston-Yaponiya va Yaponiya-O'zbekiston qo'mitasining 14-majlisi davomida imzolanishi rejalashtirilayotgan hujjatlar haqida ma'lum qilindi.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot markazi
Просмотров: 85

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish