Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
30 Jul 2018

2018 yilning 28 iyul kuni “O’zbekenergo” AJ tarkibiga kiruvchi korxonalardagi mavjud ish o‘rinlarini malakali yoshlar bilan to‘ldirish hamda ularni mutaxassisligiga mos yo‘naltirish maqsadida Jamiyat va uning tarkibiga kiruvchi korxonalarda hozirgi kunda mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga oliy o‘quv yurtini tugatayotgan hamda o‘rta-maxsus mutaxassislikka ega bo‘lgan yoshlarni ishga qabul qilish borasida Respublika miqiyosida “O’zbekenergo” AJ yoshlarni ishga taklif etadi” vakant ish o‘rinlari yarmarkasi tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda aholi bandligini ta’minlash orqali ularning turmush sharoitini yaxshilash, fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan tizimli islohotlar o‘z samarasini bermoqda. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 24 maydagi “Bandlik sohasida davlat siyosatini yanada takomillashtirish va mehnat organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bandlik sohasida yangicha yondashuvlarni joriy etishga xizmat qilmoqda.

"O’zbekenergo" AJ Boshqaruv raisining tashabbusi bilan mustaqil hayot ostonasida turgan yoshlarni ish bilan ta’minlash maqsadida tashkillashtirilgan mazkur yarmarkada "O’zbekenergo"AJ tizimiga kiruvchi Qoraqolpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi korxona va tashkilotlar o‘zlarida mavjud bo‘lgan mingdan ortiq vakant ish joylari bilan qatnashishdilar. Korxonalar yoshlarga yaratilgan sharoitlar, bo‘sh ish o‘rinlari, ishga joylashish mexanizmlari va nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazishdi.

Shuni alohida ta’kidlash joizki o‘tkazilayotgan mazkur yarmarkada nomzodlar shu yerning o‘zida ish beruvchilar tomonidan suhbatdan o‘tkazilib, ishga qabul qilishga tavsiya etiladi. Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tganlar barcha hujjatlarni taqdim etganlaridan so‘ng ma’lum muddatda ishga qabul qilinganligi to‘g‘risida ma’lumot beriladi.

Ayni damda mazkur yarmarkada respublika bo‘yicha mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga 1500 dan ortiq nomzodlardan ariza kelib tushdi. Murojatlar tez kunda o‘rganilib mavjud barcha ish o‘rinlariga yosh mutaxassislar qabul qilinadi.



Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot markazi
Просмотров: 302

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech