Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
2 Apr 2019

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Ulug‘bek Mustafoev Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanidagi o‘zi tahsil olgan 5-maktabda bo‘lib, maktab kutubxonasiga 150 turdan ortiq kitoblar to‘plamini sovg‘a qildi.

— Muhtaram Prezidentimiz tomonidan boshlab berilgan ushbu xayrli ishga butun mamlakatimiz bo‘ylab barcha rahbarlar o‘z hissalarini qo‘shmoqda. Bugun maktabimizni a’lo baholarga tugatgan sobiq o‘quvchimiz, “O‘zbekenergo” AJ raisi Ulug‘bek Mustafoev maktab kutubxonasi fondi uchun kitoblar sovg‘a qildi, — deydi maktab direktori To‘lqin Egamnazarov. —To‘g‘risi, bunday sovg‘adan juda ham xursand bo‘ldik. Albatta, rahbarlarimizning bunday xayrli ishlari kelajakda o‘z mevasini bermasdan qolmaydi.

Shuningdek, jamiyat raisi maktabga tashrifi davomida ta’lim muassasasi mehnat jamoasi va o‘quvchilar bilan kitobning inson shaxsi va ma’naviyati shakllanishidagi ahamiyati xususida uchrashuv ham o‘tkazdi.

Shu bilan bir qatorda, “O‘zbekenergo” AJ raisi tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari uchun “Jizzax hududdiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ mutasaddilari ishtirokida “Ma’naviyat soatlari” doirasida “Energotejamkorlik – davr talabi” mavzusida ma’naviyat darsi o‘tib berildi.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot xizmati
Просмотров: 515

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech