Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
18 Dec 2017

1.JPG

2017 yil 15 dekabr kuni poytaxtimizdagi “HYАT RECENCY” mehmonxonasining anjumanlar zalida Osiyo taraqqiyot banki, Jahon bankining energetika sohasi bo‘yicha mutaxassislari va “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tashabbusi bilan “O’zbekistonda energetika tizimini isloh qilish va xalqaro moliyalashtirish standartlarinini o‘rganib chiqib xayotga tadbiq etish” mavzusida xalqaro anjuman o‘tkazildi.

3.JPG

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Valyuta bozorini liberallashtirish sharoitida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning birinchi galdagi chora-tadbirlari to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida energetika tizimining barqaror faoliyat ko‘rsatishi uchun energotizimni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash borasida Hukumat tomonidan bir qator chora-tadbirlar belgilananligi yuzasidan “O’zbekenergo” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari J.Obidjonov alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, ishlab chiqarishni izchil texnologik modernizatsiyalash va samaradorligini oshirish yo‘li bilan ularning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish, moliyaviy intizomni mustahkamlash, noishlab chiqarish sarf-harajatlarini qisqartirish, xodimlar tarkibi va sonini optimallashtirish, xalqaro standartlarga muvofiq ilg‘or yondashuvlar va korporativ boshqaruv tizimlarini takomillashtirish haqida yig‘ilganlarga atroflicha ma’lumot berdi.

Shuningdek, anjuman davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan energetika tizimida o‘tkazilayotgan islohatlar Osiyo taraqqiyot bankining energetika bo‘yicha mutaxassisi janob S.Kim tomonidan yuqori baholandi va “Energiya samaradorligini oshirish va hamkorlikni kuchaytirish” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

Milliy valyuta devalvatsiyasi davrida energotizimning moliyaviy holatini yaxshilash maqsadida “O’zbekenergo” AJ tomonidan OTB (Osiyo tarqqiyot banki) bilan hamkorlikda moliyaviy barqarorlikni ta’minlovchi quyidagi chora-tadbirlar belgilangan:

1) “O’zbekenergo” AJning kredit barqarorligini mustahkamlash;

2) biznes profilni yaxshilash;

3) korporativ va operatsion samaradorlikni oshirish;

4) elektr qiymati asosidagi samarali tariflarni joriy etish.

Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun OTB tomonidan quyidagi maqsadlarga 1,6 mln. AQSh dollarga teng grantlar ajratilmoqda:

- asosiy vositalarni qayta baholash;

- “O’zbekenergo” AJ va uning shu’ba korxonalari korporativ diagnostikasini amalga oshirish;

- xalqaro auditorlik kompaniyalari tomonidan tashqi audit o‘tkazilishi.

Bundan tashqari OTB tomonidan elektr qiymati asosidagi samarali tariflarni baholash usulini ishlab chiqish uchun grant asosida xorijiy kompaniyani belgilash rejalashtirilmoqda.

Shu qatorda tadbirda chet el davlatlari, xususan, Yevropa va qo‘shni Markaziy Osiyo davlatlari energetika bozorida ish olib borish tajribasiga oid ma’lumotlari tinglanib OTB tomonidan “O’zbekenergo” AJga texnik ko‘mak ko‘rsatish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish to‘g‘risida kelishib olindi.

Anjuman so‘ngida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, kelajakda bunday amaliy uchrashuvlarni muntazam ravishda o‘tkazishga kelishib olindi.

Manba: не указан
Просмотров: 620

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech