Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
5 Oct 2018

Auditorlik tekshiruvini o‘tkazish uchun:

1. “O’zbekenergo” AJ ijroiya apparati milliy standartlar bo‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotining milliy audit standartlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvi;

2. “O’zbekenergo” AJ ijroiya apparati xalqaro standartlar bo‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotining xalqaro audit standartlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvi;

3. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 28 iyuldagi № 207 sonli qaroriga muvofiq Mijoz moliyaviy axborotining samaradorlikning muhim ko‘rsatkichlari (SMK), samaradorlikning yig‘indi ko‘rsatkichlari (SYK) ko‘rsatkichlari hisobi va ularni bajarish foizlari to‘g‘riligini baholash bilan bog‘liq maxsus savol bo‘yicha milliy audit standartlariga ko‘ra tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

- tanlov qatnashchisining auditorlik tekshiruvini o‘tkazishning dastlabki narxini ko‘rsatgan holda tanlovda qatnashish to‘g‘risidagi taklifi;

- auditorlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya nusxasi;

- auditorlik tashkiloti to‘g‘risida ma’lumot;

- tashkilotning eng yirik mijozlari (ular bergan baholar bilan birga) ro‘yxati va auditorlik tashkilotining tegishli ish tajribasi;

- auditorning malaka sertifikatlari nusxalari va boshqa xalqaro sertifikatlar;

- sug‘urta polisi nusxasi;

- tanlov hujjatlariga muvofiq taqdim etish uchun zarur bo‘lgan boshqa hujjatlar.

Tanlovda qatnashishga:

- barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish litsenziyasiga ega;

- milliy standartlar bo‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotni auditning milliy standartlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish sohasida kamida 5 yillik tajribaga ega (audit ob’ekti bo‘yicha 1-band);

- xalqaro standartlar bo‘yicha tuzilgan moliyaviy hisobotni auditning xalqaro standartlari bo‘yicha auditorlik tekshiruvidan o‘tkazish sohasida kamida 5 yillik tajribaga ega (audit ob’ekti bo‘yicha 2-band);

- O’zbekiston Respublikasi Raqobat davlat qo‘mitasi va Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tegishli yilda ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketi (ulushi) 50 %dan ortiq bo‘lgan korxonalarning tashqi auditini o‘tkazish huquqiga ega auditorlik tashkilotlari ro‘yxatiga kiruvchi ;

- korxonalardan salbiy baho olmagan;

- tegishli faoliyat sohasidagi xalqaro tarmoqqa kiruvchi;

- hisobot davri yakunlari bo‘yicha tarmoq korxonalari moliya-xo‘jalik faoliyatining moliyaviy tahlilini taqdim etish imkoniyatiga ega;

- buyurtmachiga kelgusida yetkaziladigan auditorlik tashkiloti tomonidan uning shartnoma majburiyatlarini bajarmasligi bilan bog‘liq zararni qoplashni o‘z zimmasiga olgan auditorlik tashkilotlari qo‘yiladi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar 2018 yil 26 oktyabrgacha qabul qilinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalar pochta yoki “O’zbekenergo” AJning devonxonasiga indeks: 100000, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani Istiqlol ko‘chasi 6-uy manzili orqali taqdim etilishi lozim.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qiling: 236-69-09, 236-61-33
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot markazi
Просмотров: 335
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech