Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
22 Feb 2019

Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 1 noyabrdagi “Yoqilg‘i-energetika resurslarining narx va tariflarini bosqichma-bosqich o‘zgartirish to‘g‘risida”gi 897-sonli qaroriga muvofiq, joriy yilning birinchi yarim yilligida “O‘zbekenergo” AJ tomonidan Toshkent shahrining Yunusobod tumanida tajriba tariqasida, aholi iste’molchilari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi uchun hisob-kitoblar o‘rnatilgan me’yor asosida amalga oshirilmoqda.

– Vazirlar Mahkamasining mazkur qaroriga ko‘ra, 2019 yilning 1 yanvaridan boshlab Yunusobod tumani iste’molchilariga oy davomida foydalanilgan elektr energiyasining 300 kVt.soatgacha bo‘lgan qismi uchun belgilangan tarif bo‘yicha, 300 kVt.soatdan ortiqcha iste’mol qilingan qismi uchun esa, belgilangan tarifning 1,2 barobar oshirilgan koeffitsientini qo‘llagan holda amalga oshirilmoqda, – deydi Toshkent shahar Hududiy elektr tarmoqlari korxonasining Elektr energiyasini sotish bo‘yicha direktori Davrbek Imomov. – Iste’molchilarning oylik iste’moli Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan “Elektrhisob” dasturiga kiritilgan oxirgi 2 ta ko‘rsatgichlaridan hosil bo‘lgan o‘rtacha sarfidan kelib chiqib, dastur tomonidan avtomatik tarzda hisoblab boriladi.

Ko‘plab fuqarolar, ushbu qarordan bexabarligi bois, o‘z ixtiyorlari bilan iste’mol qilgan elektr energiya hajmini hisoblagich ko‘rsatkichlari farqidan kelib chiqib hisoblab, to‘lov hujjatlarini (kvitansiyalarni) belgilangan tarif qiymati bo‘yicha (hozirgi 250so‘m /elektro plitali xonadonlar – 125so‘m) yozgan holda to‘lovni amalga oshirib, go‘yoki “qarzdorlikni bartaraf qilganman”, “hozirda qarzdorligim mavjud emas” degan erta xulosaga kelmoqdalar.

Iste’molchilarga shuni ma’lum qilamizki, to‘lov hujjatida (kvitansiya) iste’mol qilingan elektr energiya miqdori (kVt/soat) qaysi tarifda hisoblanishidan qat’iy nazar, barcha to‘lovlar “Elektrhisob” dasturiga mablag‘ ko‘rinishida qabul qilinadi.

Hisob-kitoblar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga batafsil ega bo‘lib borishingiz uchun tuman elektr ta’minoti korxonasiga mobil raqamingizni taqdim qilishingizni so‘raymiz. Natijada, mobil telefoningizga barcha ma’lumotlar (to‘lovlar, qarzdorlik, hisoblagich ko‘rsatgichlari) SMS xabar orqali yuborib boriladi.

Hurmatli, Yunusobod tuman elektr energiyasi iste’molchilari! Elektr energiyasidagi hisob-kitoblarning to‘g‘ri amalga oshirilayotganini Toshkent shahar hududiy elektr tarmoqlari korxonasi yoki Yunusobod tuman elektr ta’minoti korxonasining “Elektrhisob” dasturi orqali tekshirib borishingizni iltimos qilamiz.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot xizmati
Просмотров: 924

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech