Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
23 Nov 2017

2017 yil 22 noyabr kuni O’zbekiston Milliy matbuot markazida “O’zbekenergo” AJ tomonidan 2017 yilda amalga oshirilgan ishlar va 2017-2018 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.


“O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 iyundagi PQ-3079 -sonli “Respublika iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha ob’ektlarini 2017/2018 yillarda kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni so‘zsiz bajarilishini ta’minlash maqsadida joylarda mukammal ta’mirlash ishlarini sifatli bajаrilishiga katta e’tibor bergan holda barcha korxona va tashkilotlar kesimida tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan.



Yuqoridagi dasturga asosan Respublika bo‘yicha 18 320 km elektr uzatish tarmoqlari va 6272 ta transformator punktlarini mukammal ta’mirlash ishlari rejalashtirilib bugungi kunda 100,9 foizga mukammal ta’mir ishlari bajarildi.



Joriy yilning o‘tgan o‘n oy davomida “O’zbekenergo” AJ tomonidan 44,9 milliard kilovatt soat elektr energiyasi hududlarga yetkazib berildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,1 milliard kilovatt soatga ko‘p demakdir.



Muhtaram Prezidentimiz tomonidan sohaga qaratilgan e’tiborlari va buning natijasida qabul qilingan PQ-2661 sonli qaror ijrosi doirasida joriy yilning 10 oyligida hududlardagi 3124,5 km elektr uzatish tarmoqlari va 1063 dona transformator punktlarini modernizatsiya va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirildi. Bu o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlarga nisbatan 5,7 barobarni tashkil etadi.



Bundan tashqari Respublika ishchi guruhi tomonidan joylarda aholi va mahalla faollari bilan muloqotlar o‘tkazilishi natijasida qo‘shimcha elektr tarmoqlarini yangi qurish va rekonstruksiya ishlarini amalga oshirish rejalashtirilib tarmoq-jadvali ishlab chiqildi. Ushbu tarmoq-jadvallariga asosan xududlarda 406 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 380 ta transformator punktlarini yangi kurish va rekonstruksiya qilish ishlari rejalashtirilib, bugungi kun xolatiga xududiy elektr tarmoqlar korxonalari tomonidan 336,6 km uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 311 ta transformator punktlarida modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari bajarildi.



Shu bilan birga, hududlardagi yuqori kuchlanishli podstansiyalarimizda modernizatsiya va yangilarini ishga tushirish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Masalan: Buxoro viloyati Peshku tumanida Afshona podstansiyasi yangi qurilib ishga tushirildi, Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Sho‘rchi podstansiyasidagi 16 MVA transformator o‘rniga 25 MVA transformator o‘rnatildi, Jizzax viloyati Zomin tumanidagi DNS-2 podstansiyasidagi 25 MVA transformator o‘rniga 40 MVAli transformator o‘rnatildi. Andijon viloyati Izbosgan tumani Paxtakor podstansiyasidagi 16 MVA transformator 25 MVA transformatorga almashtirildi. Namangan viloyatidagi Obi-xayot podstansiyasida 125 MVA kuch transformatori 200 MVA quvvatli transformatorga almashtirildi. Samarqand viloyatidagi Samarqand podstansiyasida 125 MVA kuch transformatori 200 MVA quvvatli taransformatorga almashtirildi.



Kuz-qish mavsumida yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida respublika bo‘yicha 324 ta avariyani bartaraf etish brigadalari tashkil etilib, ular aloqa vositalari va 315 ta maxsus avtomashinalar bilan ta’minlandi. Shu bilan birga korxonalarda kerakli materiallar, elektr uskunalar hamda transformator moyi zaxiralari yaratildi.



Bundan tashqari “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida bir qator yangi texnologiyalar joriy etildi. Jumladan:

2016 yilning oktabr oyida “Tolimarjon IES” unitar korxonasida ishlab chiqarish quvvati 450 MVtga ega bo‘lgan birinchi bug‘-gaz qurilmasi va 2017 yilning fevral oyida xuddi shunday quvvatga ega bo‘lgan bug‘-gaz qurilmasi to‘liq ishga tushirildi. Bug‘-gaz qurilmalarining to‘liq ishlashi natijasida yiliga qo‘shimcha 7 mlrd kVt soatdan ortiq elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatini beradi. Joriy yilning 10 oylik yakuni bo‘yicha birinchi va ikkinchi bug‘-gaz qurilmalari 5 mlrd. dan ortiq kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqardi. Xozirgi kunda stansiyaning o‘rnatilgan quvvati 1700 MVt ni tashkil qilmoqda va bu quvvat orqali yiliga stansiya bo‘yicha 12,5 mlrd. kVt soat elektr energiyasini ishlab chiqarishga erishilmoqda.

2017-2018 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini o‘z vaqtida bajarish maqsadida yillik ta’mir jadvali bo‘yicha:

- 14 ta energoblok;

- 15 ta qozon agregati;

- 3 ta turboagregatlarni mukammal

va o‘rta ta’mirlash ishlari ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugungi kun holatiga barcha rejalashtirilgan ta’mir ishlari yakunlangan.

Yuqorida amalga oshirilgan ishlar natijasida aholi xonadonlariga, tadbirkorlik sub’ektlariga hamda ijtimoiy soha ob’ektlariga yetkazib beriladigan elektr energiyasining sifat parametrlari yaxshilanib, ishonchliligi oshadi. Elektr qurilmalaridagi texnologik yo‘qotishlar kamayib, elektr energiyasi tejalishiga erishiladi va iste’molchilarga qo‘shimcha ravishda elektr energiyasi yetkazib berilishi ta’minlanadi.

Manba: не указан
Просмотров: 702

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech