Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
20 Dec 2018

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2018 yil 19 dekabr kuni “Taraqqiyot strategiyasi” markazida “2018 yilda iste’molchilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash borasidagi faoliyat: erishilgan natijalar va istiqboldagi ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda “O‘zbekenergo” AJ mutasaddilari, soha mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, “O‘zbekenergo” AJ tomonidan elektr energiya sohasini bosqichma-bosqich rivojlantirish, ishlab chiqarish, uzatish va sotish tizimida jahon tajribalariga mos iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish mexanizmlarini joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalangan holda elektr energiyasini hosil qilishga doir loyihalarni qisqa muddatlarda amaliyotga tatbiq etish, iste’mol hajmlarini kengaytirishda aholi sonining o‘sishi va hududlarning rivojlanish istiqbollarini hisobga olish kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ushbu yo‘nalishlarda “O‘zbekenergo” AJ tomonidan ko‘plab ishlar amalga oshirildi. Jumladan, bugungi kunda “O‘zbekenergo” AJ mamlakatimizdagi 6 mln. 601 ming ziyod aholi xonadoni va 304 mingga yaqin yuridik iste’molchilarni 1696 ta35-500 kV kuchlanishli podstansiyalar, 75 650 ta transformator punktlari hamda 265,1ming.km. uzunlikda 0,4-500 kV elektr uzatish tarmoqlari orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning 2016 yil 23 noyabrdagi PQ-2661 sonli “Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya va yangi qurish dasturi to‘g‘risida”gi qarori asosida 34023,1 km. uzunlikdagi elektr tarmoqlari, 6931 dona transformator punktlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan. Shundan 2018 yil davomida 6 ming 737 km. uzunlikdagi 0,4-6-10 kV kuchlanishli elektr tarmoqlari, 2350 ta transformator punktlarini rekonstruksiya yangi qurish ishlari bajarildi.

“Obod mahalla” hamda “Obod qishloq” davlat dasturi bo‘yicha ham hududlarda modernizatsiya va rekonstruksiya hamda mukammal ta’mirlash ishlari bajarilda va ushbu jarayon izchil davom etmoqda.

Shu bilan birga elektr uskuna va tarmoqlarni yangilashda zamonaviy texnologiyalar tayanchda o‘rnatilgan germetik transformatorlar, izolyasiyalangan SIP simlardan foydalanish natijasida, elektr energiyasini uzatishdagi texnologik yo‘qotishlarni kamayishi, uzilishlar sonining keskin kamayishi, inson hayotiga xavf soluvchi omillarning oldi olinishi va mustahkamlikning oshishi kabi natijalarga erishilmoqda. Natijada tarmoqqa noqonuniy ulanishlar oldi olindi, iste’molchilar mustahkam va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlandi, xodimlarning elektr uskunalarda havfsiz ish olib borishi uchun sharoit yaratildi.

Bundan tashqari, magistral va hududiy elektr tarmoq korxonalar tomonidan elektr uskuna va tarmoqlarini 2018-2019 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha 22,6 ming km. elektr uzatish tarmoqlari, 6853 ta transformator punktlari, 435 ta o‘chirgichlar, 79 dona podstansiyalar, 17 ta kompressorlarni mukammal ta’mirlash ishlari bajarildi. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan katta yuklama bilan ishlayotgan 478 ta transformator katta quvvatlisiga almashtirildi va mamlakatimiz hududlarida 314 dona turli quvvatdagi transformatorlar zaxirasi yaratildi. Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni bartaraf etish maqsadida respublika bo‘yicha 324 ta qo‘shimcha brigadalari tashkil etilib, 315 ta maxsus avtomashinalar tayyorlandi.Shu bilan birga, korxonalarda kerakli materiallar va elektr zaxiralari yaratildi.

Issiqlik elektr stansiyalarining barqaror ishlashi nafaqat energetika sohasida, balki respublikamiz iqtisodiyotining rivojlanishida ham muhim o‘rin tutishi hech kimga sir emas.

Qayd etish kerakki, “O‘zbekenergo” AJ tasarrufida umumiy quvvati 12 158 MVt.ga teng bo‘lgan 10 ta elektr stansiyasi mavjud. Shulardan 7 tasi issiqlik elektr stansiyasi va 3 tasi issiqlik elektr markazidir. Joriy yil yakuniga qadar issiqlik elektr stansiyalari tomonidan 57 022,9 mln.kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 4 879,8 mln. kVt.sga (109,3 foiz) ko‘p.

Shuningdek, ma’nan eskirgan energouskunalarni almashtirish yillik jadvaliga asosan bugungi kun holatiga issiqlik elektr stansiyalarida 42 ta energouskuna yangisiga almashtirildi.

Anjumanda joriy yil yanvar-dekabr oylarida iste’molchilarga yetkazib berilishi kutilayotgan elektr energiyasi miqdori 49,8 mlrd.kVt.soatni tashkil etib, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 3,0 mlrd.kVt.soat yoki 106,4 foiz ko‘p elektr energiyasi yetkazib berilishi kutilayotgani aytib o‘tildi. Shundan aholi iste’molchilariga 11,6 mlrd.kVt.soatni ulgurji iste’molchilariga 38,2 mlrd.kVt.soat elektr energiyasi yetkaziladi.

Bundan tashqari, 2018 yil 11 oyda jami 10 275,2 mlrd. so‘mlik tovar mahsulot ishlab chiqarilishi ta’minlandi. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 106,8 foizni tashkil etdi. Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksporti prognozi 148,8 mln. dollar miqdorida rejalashtirilgan bo‘lib, amalda 154,6 mln. dollarlik eksport amalga oshirilib, reja 103,9 foizga bajarildi.

Yirik investitsiyaviy loyihalarga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi PQ – 3507-sonli “2018 yilda investitsiya va infratuzilma loyihalar ro‘yxatinini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori bajarilishini ta’minlash maqsadida “O‘zbekenergo” AJ tomonidan 2018 yilda umumiy loyiha qiymati 2972,2 mln.doll. bo‘lgan 5 ta yirik investitsiya loyihalar, jumladan, yangi qurilishi va rekonstruksiya qilinishi hamda ishlab turgan energo ob’ektlarni modernizatsiyalash ishlarini amalga oshirish mo‘ljallangan. Shundan 2018 yilda jami 426,9 mln. AQSH dollari o‘zlashtirilishi mo‘ljallangan. 2018 yilning yanvar – noyabr oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 602,15 mln. AQSH dollari miqdorida mablag‘ o‘zlashtirildi.

Joriy yilda yangi ish o‘rinlarini yaratishga ham alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, tizim tarkibidagi korxonalarda jami 136 ta yangi ish o‘rinlari yaratilishi belgilangan bo‘lib, joriy yil 1 dekabr holatiga 2200 ta yangi ish o‘rni tashkil etildi.

Tizim korxonalaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini malakali yoshlar bilan to‘ldirish hamda ularni mutaxassisligiga mos yo‘nalishlarga yo‘naltirish maqsadida joriy yil 28 iyul kuni “O‘zbekenergo” AJ yoshlarni ishga taklif etadi” nomli bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi. Unda 613 nafar fuqaro energotizimda turli yo‘nalishlar bo‘yicha ishga qabul qilindi. Shuningdek, tizim korxonalarida ishlayotgan xodimlar malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlash asosiy o‘quv markazi “O‘zbekenergo” AJ qoshidagi “Xodimlar tayyorlash markazi”da 2016 – 2018 yillar davomida 47675 ta ishchi va mutaxassislarning malakasi oshirildi, tayyorlandi va qayta tayyorlandi.

Bundan tashqari, energetika yo‘nalishida malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida Toshkent davlat texnika universiteti energetika fakultetida jamiyat mablag‘i hisobidan 2016 – 2018 yillarda 178 nafar yoshlar bakalavr va magistratura yo‘nalishida ta’lim oldi va aksariyati energetika tizimida faoliyat olib bormoqda.

Tadbir yakunida jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot xizmati
Просмотров: 940

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech