Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
10 Dec 2018

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2018 yil 23 oktyabrda imzolangan “Elektr energetikasi tarmog‘ini jadal rivojlantirish va moliyaviy barqarorligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan elektr energiyasi sohasida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va yangilarini ishga tushirish bo‘yicha loyiha qiymati 2,6 milliard AQSH dollari bo‘lgan umumiy quvvati 1 984 MVt 7 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish belgilab qo‘yilgan.

Shunga ko‘ra, Toshkent viloyatida ham elektr energiyasi iste’molini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, Angren shahri hududidagi hisob nuqtalariga jami 53 036 ta elektr hisoblagichlar hamda hisob nuqtalaridan ma’lumotlarni yig‘ish uchun nimstansiya va transformator punktlariga 420 ta konsentratorlar o‘rnatilishi ta’minlanadi. Shu kungacha shaharga «Toshelectroapparat» MCHJ tomonidan ishlab chiqarilgan 15 600 dona zamonaviy elektr hisoblagichlar etkazib berildi.

Ma’lumot uchun, Angren shaharda 50 000 ga yaqin aholi iste’molchilari mavjud bo‘lib, shu kungacha 10 000 ga yaqin xonadonga o‘rnatish ishlari amalga oshirildi. Ayni paytda elektr hisoblagichlarni o‘rnatish ishlari jadal olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekenergo” AJ tomonidan “Obod qishloq” hamda “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida butun mamlakatimiz bo‘ylab rekonstruksiya va modernizatsiya ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot xizmati
Просмотров: 705

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech