Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
1 May 2019

Xabaringiz bor, Prezidentimizning joriy yil 27 martdagi “O‘zbekiston Respublikasida elektr energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirish va isloh qilish strategiyasi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, “O‘zbekenergo" AJ bazasida uchta alohida-alohida aksiyadorlik jamiyatlari tuzilishi belgilangan edi. Iste’molchilarimizga noqulaylik tug‘dirmasligi maqsadida “Oʻzbekenergo” AJ bilan muloqot” telegram kanali yangi tashkil etilgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” nomiga o‘zgartirildi.

Xalq bilan bevosita muloqot qilish, jumladan, elektr energiyasi bilan bog‘liq muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, takliflarni izchil o‘rganib, shu asosda tizimli ravishda chora-tadbirlar ko‘rib borish maqsadida “telegram” messenjerida ishga tushirilgan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ bilan muloqot” kanali orqali aholi o‘z murojaatlarini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga (https://t.me/hetmuloqot) yo‘llashlari mumkin.

Yo‘llangan murojaatlar shaxsan jamiyat boshqaruvi raisi nazoratida o‘rganib chiqilib, batafsil javob qaytariladi va tez fursatlarda o‘z echimini topadi.

Shuningdek, ushbu telegram kanali orqali elektr energiyasi iste’moli bilan bog‘liq amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilinayotgan qarorlar, sohaga oid yangiliklardan ham xabardor qilib boriladi.
Manba: “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Matbuot xizmati
Просмотров: 2540

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish