Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
14 Mar 2019

Prezidentimizning 2016 yil 23 noyabrdagi “2017 – 2021 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash Dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra, 2018 yilda 739.0 km. uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 121 ta transformator punktlarini qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari rejalashtirilgan edi. O‘tgan yil davomida 739,0 km. uzunlikda elektr uzatish tarmoqlari va 252 dona transformator punktlarida qurilish ishlari bajarildi.

Shuningdek, Davlatimiz rahbarining 2016 yil 21 oktyabrdagi «2017 – 2021 yillarda Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida»gi qarori bo‘yicha o‘tgan yilda Buxoro viloyatining 28 ta massivida 1150 ta yangilangan namunaviy uy-joylarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 20.8 km. uzunlikda elektr tarmog‘i va 28 ta transformator punktlarini yangidan qurish ishlari amalga oshirildi.

Qolaversa, o‘tgan yilda 7-kichik noxiya, Buxoro va Kogon tumani yo‘li bo‘ylab quriladigan 920 xonadonli ko‘p qavatli uy-joylarni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 16,3 km. uzunlikda elektr tarmog‘i va 16 ta quvvati 400 kVa transformator punktlari o‘rnatildi.

“Obod qishloq” dasturi bo‘yicha o‘tgan yilda 271,48 km. elektr uzatish tarmoqlari, 71 ta transformator punktlari mukammal ta’mirlandi va 157,49 km. elektr uzatish tarmoqlari, 68 ta transformator punktlari yangidan qurilib, ishga tushirildi. “Obod mahalla” dasturi bo‘yicha esa 6,8 km. elektr uzatish tarmoqlari, 4 ta transformator punktlari mukammal ta’mirlandi va 8,5 km. elektr uzatish tarmoqlari, 5 ta transformator punktlari yangidan qurilib, ishga tushirildi.

Shuningdek, “G‘ijduvon” EIZni elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida 110/10 kV podstansiya qurib ishga tushirildi hamda 13 ta ishlab chiqarish korxonasi hududigacha 5,5 km. uzunlikdagi 6 ta 10 kVli elektr tarmog‘i qurildi.

– 2019 yilda 756.5 km. elektr uzatish tarmoqlari va 250 ta transformator punktlari modernizatsiya va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan, – deydi Buxoro viloyati Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi bosh direktori Istam AHMETOV. – Shuningdek, «Obod qishloq» dasturi doirasida joriy yilda uzunligi 305,0 km. elektr uzatish tarmoqlari va 99 ta transformator punktlari modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ko‘zda tutilgan. «Obod mahalla» dasturi doirasida ham bir qator ishlar belgilangan. Xususan, joriy yilda 21,3 km. elektr uzatish tarmoqlari va 9 ta transformator punktlari modernizatsiya va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Prezidentimizning «2017 – 2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to‘g‘risida»gi qarori asosan, 2019 yilda 24,7 km. elektr uzatish tarmoqlari va 30 dona transformator punktlari modernizatsiya va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

2019-2020 yillarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida uzunligi 2508,4 km. bo‘lgan elektr uzatish tarmoqlari, 683 dona transformator puntlari va 18 dona moyli o‘chirgichlar hamda 5 dona kuch transformatorlarini mukammal ta’mirlanishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini tatbiq etish bo‘yicha ham jadal ishlar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda Buxoro shahrida 54 mingdan ziyod, Qorovulbozor tumanida esa, 4500 ta zamonaviy elektr hisoblagichlar o‘rnatildi.

Buxoro shahrida 78 072 dona iste’molchilarning elektr hisoblagichlari mavjud bo‘lib, ushbu ishlar reja asosida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birga viloyatdagi 420 167 ta iste’molchining elektr hisoblagichlari elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan 2019 – 2021 yillar davomida bosqichma-bosqich yetkazib beriladigan ko‘p funksiyali “KAIFA” rusumli elektr hisoblagichlarga almashtiriladi va to‘liq elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga ulanib, “Billing” markazi orqali boshqarilishi ta’minlanadi.
Manba: "O`zbekenergo" AJ axborot xizmati
Просмотров: 136

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech