Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
21 Nov 2017

2017 yil 19-22 noyabr kunlari Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining katta konferens zalida “O’zbekenergo” AJ hamda O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlari uchun to‘rt kunlik o‘quv seminari bo‘lib o‘tadi. “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi” O’zbekiston Respublikasi Qonunining (yangi tahrirdagi) tegishli bandlarini bajarish maqsadida tashkil etilayotgan o‘quv kurslarida “O’zbekenergo” AJ tizimidagi 40 dan ortiq korxonalarining buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlari ishtirok etishadi.

Har yilgi an’anaviy o‘quv seminarini o‘tkazilishidan asosiy maqsad buxgalteriya hisobi, soliqqa tortish va me’yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish va ularning amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan.

Malaka oshirish kurslari qo‘yidagi Dastur bo‘yicha olib boriladi:

- buxgalteriya hisobi;

- soliq va soliqqa tortish;

- hisob-kitob tizimii yo‘lga qo‘yish.

Nazariy va amaliy mashg‘ulotlardan iborat bo‘lgan o‘quv seminarini CAP/CIPA sertifikatlariga ega va turli xil xo‘jalik faoliyati korxonalari va tashkilotlarida amaliy faoliyat olib borayotgan O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar Milliy Assotsiatsiyasining malakali mutaxassislari tomonidan olib boriladi.

Seminar zamonaviy ishlab chiqilgan talablarga muvofiq buxgalteriya hisobi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan qoidalardagi so‘nggi o‘zgartirishlarni aks ettiruvchi maxsus tayyorlangan o‘quv qo‘llanma asosida olib boriladi. Bu esa o‘z navbatida materialning har bir nazariy taqdimoti uni qo‘llashning amaliy namunalari bilan bir vaqtda olib borish imkonini beradi.

O’quv seminari yakunida test sinovlaridan muvafaqqiyatli o‘tgan ishtirokchilarga sertifikat berish rejalashtirilgan.

Buxgalteriya hisobi xizmati rahbarlarining doimiy malakasini oshirishdan asosiy maqsad ularga qo‘yiladigan talablarga asosan funksional majburiyatlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilim saviyasi va malaka kompetensiyasini oshirish hamda mustahkamlashdan iboratdir.

Manba: не указан
Просмотров: 587

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech