Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18 sentyabr 2018 y. - 31 dekabr 2018 y.

Joriy yilning 10 - 12 sentabr kunlari Gruziyaning Batumi shahrida Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi dasturi doirasida Energetika sohasining muvofiqlashtirish qo‘mitasining yigirma sakkizinchi yig‘ilishi hamda “Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi dasturlari uchun yuqori texnologiyali loyihalarda xususiy investitsiyaning rolini oshirish” mavzusida uchinchi forumi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorligi (MOMIH) (Sentralno-Aziatskogo regionalnogo ekonomicheskogo sotrudnichestva SARES) dasturi ishtirokchi davlatlari bir necha yildirki transport, energetika, savdo va savdo siyosati masalalarida hamkorlik qilishadi.

Forumning navbatdagi yig‘ilishida “O’zbekenergo” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari J.Obidjonov hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar va investitsiyalarni jalb qilish departamenti boshlig‘i F.Qurbonovlardan iborat O’zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

Dasturning navbatdagi yig‘ilishida ishtirokchi davlatlar qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishda yuqori texnologiyalarni joriy etish, elektr energiyaning mintaqaviy savdosida istiqbollari, elektr energiya sohasiga xorijiy investitsiyalarni joriy etish yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Forum doirasida “O’zbekenergo” AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari J.Obidjonovning “Elektr energetika sohasini isloh qilishda investorlar uchun aniq loyihalar hamda investitsion muhit” mavzusida taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Unda bugungi kunda mamlakatimizda sohaga yo‘naltirilayotgan investitsion loyihalar hamda ularning natijadorligi, xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikda olib borilayotgan ishlar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqbolli rejalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Tadbir davomida mamlakatimiz delegatsiyasi hamda Osiyo taraqqiyot bankining Markaziy va G’arbiy Osiyo bo‘yicha Bosh direktori Verner Liyepach hamda OTBning sharqiy Osiyo bo‘yicha direktori Ashok Bxargava o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar OTB bilan elektr energiya sohasida hamkorlikning asosiy ustuvor yo‘nalishlari, jumladan, mamlakatimizda “SCADA” loyihasini joriy etish, past kuchlanishli elektr tarmoqlarini va “Obod qishloq” dasturi doirasida elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilishni moliyalashtirish bo‘yicha kabi bir qator masalalarda muzokaralar olib borildi.

Mamlakatimiz delegatsiyasining bunday nufuzli anjumanda ishtirok etishi, shubhasiz, “O’zbekenergo” AJning energetika sohasida qo‘shni davlatlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishga hamda soha rivoji uchun xizmat qiladigan loyihalarni yo‘lga qo‘yishga muhim dastak bo‘lib xizmat qiladi.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech