Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

30 aprel 2018 y. - 31 dekabr 2018 y.

Joriy yilning 28 aprel kuni"O’zbekenergo" aksionerlik jamiyatida "Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni" munosabati bilan “Mehnat muhofazasi: Yosh xodimlarni qo‘llab-quvvatlaymiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

O’zbekiston energetika xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tadbirda mehnatni muxofazasiga oid soha hodimlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Mehnat va ijtimoiy qo‘mitasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasining Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi vakillari hamda energetika tizimida xizmat qilayotgan yoshlar ishtirok etishdi.

Ta’kidlash joizki, mamlakatimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohatlar aynan inson omilini kuchaytirishga, uning manfaatlarini mustahkamlashga qaratilgandir. Munosib mehnat sharoitlarini yaratish, mehnatning huquqiy asoslarini takomillashtirish borasida davlat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar aholining huquqlari va manfaatlarini himoya qilish sohasida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu esa davlatimiz rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiya qilish jarayonlarining ajralmas qismidir.

Nazariyotchi olimlar, amaliyotchi mutaxassis va ekspertlar ishtirokida o‘tgan davra suhbatida bugungi kunda energetika tizimida mehnat muhofazasiga qaratilgan e’tibor hamda kiritilayotgan muhim yangiliklar xususida so‘z bordi. E’tirof etildiki, o‘tgan davr mobaynida mehnatni muhofaza qilish masalalarini tartibga soluvchi, ushbu sohada zamonaviy talablarni belgilovchi ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Davra suhbati davomida taqdim etilgan mavzuga doir ma’ruzalar yuzasidan ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar qizg‘in muhokama qilindi.

Tadbir yakunida O’zbekiston Kasaba uyushmasi federatsiyasi kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan "Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik tanlovi"ning tarmoq bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochiq mulohaza va savol-javob tartibida o‘tkazilgan davra suhbatini tashkilotchilar har chorakda o‘tkazishga kelishib oldilar.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech