Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Hozirgi kunda kompaniya tomonidan, xududiy elektr tarmoq korhonalarida “Elektrhisob” kompleks dasturi iste'molchilar bilan hisob-kitob yuritishda avtomatlashtirilgan billing tizimi tadbiq etilgan. Dasturning afzalligi shundaki, iste'molchilar uchun to’g’ridan to’g’ri mobil telefonlari (“SMS habar” orqali) va Internet tizimi orqali iste'molchining “Shahsiy kabinet”i orqali barcha kerakli ma'lumotlarni olish imkoniyati mavjud.

O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2001 yil 15 mayida 1031-sonli raqam bilan ro’yhatdan o’tgan “Kommunal hizmatlar uchun mablag’larni tashkilotlar, muassasalar va korhonalarning ishchi hodimlari ish haqqidan ushlab qolish tog’risidagi Tartib”ga binoan to’lov tizimini takomillashtirish maqsadida, barcha korhona rahbarlari mulkchilik shaklidan qat'iy nazar elektr ta'minoti korhonasiga o’z hodimlari ro’yhatini reestr asosida, elektron ko’rinishda taqdim etishni tavsiya qilamiz.

Buning uchun quyidagilar amalga oshirilishi lozim:

- manzil bo’yicha hududiy elektr tarmoqlari korhonasiga murojaat qilsangiz, “Shahsiy kabinet”ga kirish uchun Sizga login va parol taqdim etiladi;

- “O’zbekenergo” AJ www.uzbekenergo.uz saytida “Interaktiv hizmat”, “Iste'molchilar hizmati”, “Yuridik iste'molchilar hizmati” yo’nalishlaridan biri tanlanadi;

- yo’nalishga kirish uchun login va parol teriladi;

- yuridik shahslar uchun shahsiy kabinetda “1031-sonli VMQ ro’yhati” tanlanadi;

- tizim avtomatik ravishda maishiy iste'molchi kartochkasida korhona shahsiy raqami mavzhud barcha ishchi hodimlar ro’yhatlarini shakillantiradi;

- yangi hodimlar ro’yhati “Yangi iste'molchini qo’shish” oynasi orqali kiritiladi. Yangi iste'molchini kiritish uchun quyidagi ma'lumotlarni (iste'molchining shahsiy raqami, to’lovchining F.I.Sh, manzili va honadon egasining F.I.Sh) kiritilib “Qo’shish” tugmasi bosiladi;

- zaruriyat tug’ilganda, hisobchi tomonidan ro’yhatga o’zgartirish kiritish mumkin: bunda hisobchi “O’zgartirish kiritish va jo’natish” oynasi orqali hodimlarning F.I.Sh, mobil telefon raqami, to’lov miqdorini o’zgartiradi. O’zgartirish kiritilgandan so’ng “Saqlash” tugmasi bosiladi va o’zgartirilgan ro’yhat saqlanadi;

- shuningdek, “O’zgartirish kiritish va jo’natish” oynasi orqali hisobchi “Hodimlar ro’yhati” yoki “Qarzdorlar ro’yhati”ni shakllantirishi mumkin;

- ro’yhatlarni shakllantirish uchun ma'lum bir elektr energiya to’lovi uchun ushlab qolingan davr tanlanadi va “Jo’natish” tugmasi bosiladi.

Korhona hisobchisi bank orqali ro’yhat asosida yuborilayotgan umumiy miqdordagi to’lov talabnomasini jo’natayotganda, talabnomaning to’lov qismida elektr energiyasi uchun ushlab qolingan davr va reestr raqamini ko’rsatadi, hamda elektr ta'minoti korhonasiga “Elektr energiyasi uchun hodimlar to’lovi reestri” bilan birgalikda shakllantirib, taqdim etadi. To’lov habarnomasini olgan va jo’natilgan ro’yhatni tasdiqlash uchun “Elektrhisob” dasturiga kiritilgandan so’ng, korhona har bir hodimining dasturga kiritilgan mobil telefoniga to’lov qabul qilinganligi haqida SMS habar keladi.

Shuningdek, mobil telefon raqamni ro’yhatdan o’tkazish, maishiy iste'molchining hududiy elektr ta'minoti korhonasi yoki “Paynet” to’lov qabul qilish shahobchalariga murojaat etish orqali bajariladi.

Iste'molchining mobil telefon raqami “Elektr hisob” dasturi ro’yhatiga olingandan so’ng, iste'molchiga elektr energiyasi uchun to’langan mablag’, elektr hisoblagich ko’rsatkichi, shahsiy kod SMS habar ko’rinishida yuboriladi.

SMS habar orqali iste'molchi “Shahsiy kabinetga” kirish uchun login va parolni oladi.

Elektr energiyasi maishiy iste'molchilari uchun “Shahsiy kabinet”da elektr hisoblagich ko’rsatkichi holati, pul o’tkazmalari, tushgan to’lovlar, ma'lumotnomalar olish uchun so’rovnomalar yuborilganligi to’g’risida ma'lumot, muhrlanganligi, hisoblagichlarni almashtirish va boshqa ma'lumotlarni ko’rish imkoniyati mavzhud.

Maishiy iste'molchining “Shahsiy kabinet”ga kirishi quyidagicha amalga oshiriladi:

- www.uzbekenergo.uz saytiga kiriladi;

- menyu oynasidan “Interaktiv hizmat”, “Iste'molchilar hizmati”, “Maishiy iste'molchilar hizmati” yo’nalishlaridan biri tanlanadi;

- login va parol kiritiladi;

- menyu oynasidan kerakli ma'lumot olish uchun yo’nalishlar tanlanadi;

- tegishli ma'lumotlar bilan tanishib chiqqandan so’ng tizimdan chiqish uchun “Chiqish” tugmasi bosiladi.

“Shahsiy kabinet”dagi barcha ma'lumotlar mahfiy hisoblanadi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 17 apreldagi
“Kommunal hizmat ko’rsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi to’grisida”gi PF-2832-sonli farmoyishini, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 18 apreldagi “Aholiga kommunal hizmat ko’rsatishni takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi 178-sonli qarori va O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2001 yil 15 mayda 1031-sonli raqam bilan ro’yhatdan o’tgan “Tashkilotlar va muassasalar tomonidan o’z hodimlaridan kommunal hizmatlar uchun haqni ish haqidan ushlab qolish ko’rinishida qabul qilish tartibi”ga binoan, barcha korhona rahbarlari, mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, o’z hodimlari bilan kommunal hizmatlar uchun ish haqidan to’lovlarni amalga oshirish qulailik va afzalliklari to’g’risida tushuntirish ishlarini olib borishi va amalga tadbiq etishi lozim.

Murojaat uchun telefon: (+99871) 236-61-85 soat 09-00 dan 18-00 gacha.

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech