Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
Chop etish sanasi: 21.10.2014 y.
Muddat: gacha: 10:00   22.01.2015 y.
Ko'rishlar: 3043

Loyihaning raqami va nomi: 45120 - Samarqandda quyosh elektr stantsiyasini qurish loyihasi.

Shartnomaning raqami va nomi: ICB/SSPP-45120/UZ, O`zbekiston Respublikasining Samarqand viloyatida panellar burchagi qiya mustahkamlangan kristalli fotoelektrik elementlar asosida 100 Megavatt (MVt) kuchlanishga ega bo`lgan energotizimga ulangan elektr stantsiyani loyihalash, yetkazib berish va o`rnatish.

Takliflar berishning eng oxirgi muddati: «22» yanvar 2015 y.; 10:00 (Toshkent vaqti bilan).

1. O`zbekiston Respublikasi Osiyo Rivojlantirish va Taraqqiyot Banki (OTB) dan Samarqand viloyatida quvvati 100 MVt bo`lgan quyosh elektr stantsiyasini qurish loyihasi bo`yicha harajatlarni moliyalashtirish uchun qarz (zayo`m) mablag`lari so`radi. Ushbu qarzning bir qismi yuqorida ko`rsatilgan shartnomaning to`lashi uchun foydalaniladi. Tanlov savdolari OTBning maqbul davlatlari qatnashchilari uchun ochiq. Ushbu shartnoma Osiyo Rivojlantirish va Taraqqiyot Banki hamda O`zbekiston Respublikasini qayta qurish va rivojlantirish Fondi (O`RQQvaRF) tomonidan birgalikda moliyalashtiriladi. Savdolar jarayonida OTBning qonuniy huquqqa egalik qilishi va marosimlari to`g`risidagi holat ustun bo`ladi.

2. O`zbekenergo AJ (“Buyurtmachi”) savdolarga qatnashuv huquqiga ega bo`lgan qatnashuvchilarni O`zbekiston Respublikasining Samarqand viloyatida panellar burchagi qiya mustahkamlangan kristalli fotoelektrik elementlar asosida 100 Megavatt (MVt) kuchlanishga ega bo`lgan energotizimga ulangan elektr stantsiyani loyihalash, yetkazib berish va o`rnatish (inshootlar) tanlov takliflari bilan pechatlangan konvertlarni topshirishga taklif etadi. Xalqaro tanlov savdolari OTBning ikki konvertli bir bosqichli tanlov savdolari marosimlariga muvofiq ravishda o`tkaziladi.

3. Savdolarga qatnashuvchilar quyidagi malakaviy talablarga javob berishlari shart:

a. Har oxirgi uch yil davomidagi yillik aylanma 200 million AQSH dollaridan kam bo`lmasligi kerak. QK (qo`shma korhona) qatnashgan holda esa hamkorlardan birining yillik aylanmasi 120 million AQSH dollaridan hamda har bir boshqa hamkor(lar)ning yillik aylanmasi esa 50 million AQSH dollaridan kam bo`lmasligi kerak.

b. Savdolar qatnashchisi likvid (tez pulga aylana olish) aktivlari, malol kelmaydigan ko`chmas mulk, kredit liniya(tilxat)lariga o`hshash kirish yoki foydalanish huquqiga ega bo`lgan yoki moliyaviy mablag`lar mavjudligini ko`rsatishlari shart, shartnomalar bo`yicha bo`nak to`lovlari bundan mustasno. Bu quyidagi maqsadlarga muvofiq bo`lishi uchun qilinadi: (1) 50 million AQSH dollari miqdoridagi pul oqimi bo`yicha keyingi talab va (2) ushbu shartnoma uchun pul oqimining umumiy talablari hamda u bo`yicha joriy ishlar majburiyatlari uchun. QK qatnashgan holda esa, hamkorlardan biri kirish yoki foydalanish huquqiga yoki 30 million AQSH dollaridan kam bo`lmagan miqdordagi moliyavij mablag`lar mavjudligiga, boshqa hamkor(lar)ning yillik aylanmasi esa 12.5 million AQSH dollaridan kam bo`lmasligi kerak.

c. Takliflar berish muddatining g`oyat so`ngida oxirgi olti yil davomida pudratchi, subpudratchi yoki boshqaruvchi pudratchi sifatida shartnomalar bo`yicha tajribaga ega bo`lish.

d. Savdolar qatnashchisi yoki QK hamkorlaridan biri, pudratchi, boshqaruvchi pudratchi yoki subpudratchi sifatida oxirgi uch yil davomida ikkitadan kam bo`lmagan har biri 20 MVt hajmdan kam bo`lmagan shartnoma, jami 60 million AQSh dollaridan kam bo`lmagan miqdorda muvaffaqiyatli yoki ahamiyatli darajada tugatilgan shartnomalarda qatnashish tajribasiga ega bo`lishi.

e. Savdolar qatnashchisi yoki QK hamkorlaridan bittasi oxirgi o`n yil davomida sanoat zavodlaridan foydalanish va texnik xizmat ko`rsatish bo`yicha 6 yillik tajribaga ega bo`lishi hamda oxirgi o`n yil davomida umumiy muddatda 3 yildan kam bo`lmagan 5MVt kuchlanishli fotoelektrik stantsiyalar bo`yicha ikkitadan kam bo`lmagan shartnomalarga ega bo`lishi kerak.

4. Savdo huquqiga ega bo`lgan manfaatdor qatnashchilar qo`shimcha ma'lumotlarni O`zbekiston Respublikasi “O`zbekenergo” AJ huzuridagi Loyihani Amalga Oshirish Guruhidan olishlari va mahalliy (O`zbekiston Respublikasi) Toshkent vaqti bo`yicha soat 9:00 dan 17:00 gacha quyida ko`rsatilgan manzil bo`yicha Tanlov hujjatlarini ko`rib chiqishlari mumkin.

5. Ingliz tilidagi Tanlov hujjatlarni manfaatdor savdo qatnashchilari tomonidan quyida ko`rsatilgan manzil bo`yicha yozma murojaat qilinganda va 500 (besh yuz) AQSh yoki to`lov paytida O`zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi bo`yicha o`rnatilgan milliy valyuta (so`m) miqdorida tanlov hujjatlarini qaytarilmaydigan qiymati to`langanidan keyin egalik qilinishi mumkin. To`lov uslubi quyida ko`rsatilgan O`zbekiston Respublikasi “O`zbekenergo” AJning belgilangan davlat bank hisob raqamiga to`g`ridan-to`g`ri bank o`tkazmasi bo`lib hisoblanadi. Tanlov hujjatlar quyidagicha: i) shaxsan topshirilgan, yoki ii) savdolar qatnashchisining iltimosiga ko`ra kur'er orqali yuborilgan bo’lishi mumkin. Qo’shimcha sifatida tanlov hujjatlarni savdo qatnashchilariga elektron pochta orqali elektron shaklda jo`natilishi mumkin. Buyurtmachi hujjatlarni yo`qolganligi yoki kech yetkazib berilganligi uchun javobgar bo`lmaydi. Chop etilgan nusxa bilan elektron shakldagi o`rtasida farq bo`lganda, chop etilgan nusxa ustun keladi.

6. Tanlovoldi konferentsiya quyidagi manzil bo`yicha o`tkaziladi:

Samarqand sh., Gagarin ko`chasi 151 uy, 2014y.«12» noyabr Toshkent vaqti bilan soat 11:00 da va ob'ektga tashrif buyurishni ham o`z ichiga oladi. Savdolar qatnashchilariga tanlovoldi konferentsiyasiga qatnashish va ob'ektga tashrif buyurish tavsiya etiladi. Tanlovoldi konferentsiyasiga va ob'ekt tashrifiga qatnashmaslik savdolar qatnashchilarini tanlovlarga qatnashishdan mahrum etmaydi.

7. Takliflar yuqorida ko`rsatilgan takliflarni berish oxirgi muddatidan kechiktirmay quyida ko`rsatilgan manzil bo`yicha yetkazib berilgan bo`lishi kerak. Tanlov takliflari ochilishga qatnashish bildirgan savdolar qatnashchilari vakillari qatnashuvida takliflarning yuqorida ko`rsatilgan eng so`nggi muddatidan keyin kechiktirilmay ochiladi.

8. Buyurtmachi ularning tanlov takliflarini tayyorlash va yetkazib berish bo`yicha qatnashchilar tomonidan har qanday sarf-harajatlar yoki chiqimlar uchun javobgar bo`lmaydi.

O`zbekiston Respublikasi “O`zbekenergo” AJning Loyihani Amalga Oshirish Guruhi.

Qatnashchilar diqqatiga: «O`zelektrtarmoq» UKning Bosh direktori o`rinbosari, janob Xabibulla Shamsievga.

manzil: Istiqlol ko`chasi, 6 uy, 423 xona. Toshkent sh., Indeks: 100000

Davlat: O`zbekiston Respublikasi. Telefon: (+99871) 2324506 Faks: (+99871) 2324506

Elektron pochta manzili: pmusolar@uzbekenergo.uz

Xorijiy valutadagi hisob raqami:

Bank hisob raqamining nomi: “O`zelektrtarmoq” Unitar korxonasi

hisob raqami: 2021 0840 8041 2772 9001, MFO: 00424

Bankning nomi: “O`zsanoatqurilishbank”ning Toshkent xududiy bo`limi

Swift kodi: UJSIUZ22, ХХТUТ хоs raqami: 353886

Milliy valyutada tu’lash uchun hisob raqami:

Bank hisob raqamining nomi: “O`zelektrtarmoq” Unitar korxonasi

hisob raqami: 2021 0000 7041 2772 9001, Bankning kodi: 00424

SТIR: 203646629, XXTUT: 11170

Bankning nomi: “O`zsanoatqurilishbank”ning Toshkent xududiy bo`limi


Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech