Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

“O’zbekenergo” AJning 2017 yil 9 oylik ishlab chiqarishning

asosiy ko‘rsatkichlari

Asosiy ko‘rsatkichlar

O’lchov birligi

2017 yil 9 oylik ko‘rsatkichlar

(tezkor ma’lumot)

I.

Elektr energiyani ishlab chiqarish:



1.

O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha

mlrd. kVt·s

44,7

1.1.

“O’zbekenergo” AJ bo‘yicha

- “ -

40,9


shu jumladan: IESlarda

- “ -

37,7

1.2.

blokstansiyalar bo‘yicha

- “ -

3,8





II.

Issiqlik energiyasini yetkazib berish

mln.Gkal

5,2

III.

Investitsion loyihalar bo‘yicha jami o‘zlashtirilgan

mlrd.so‘m

421,7


shu jumladan:

- “O’zbekenergo” AJ mablag‘lari (soha mablag‘lari)

mlrd.so‘m

187,6


- O’zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi xorijiy kreditlar

- “ -

172,0






2017 YILNING 9 OYIDA “O’ZBEKENERGO” AJ FAOLIYATINING QISQACHA YAKUNLARI

“O’zbekenergo” AJ energetika korxonalarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda 2017 yil ishlab chiqarish faoliyatining prognoz ko‘rsatgichlariga erishish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

“O’zbekenergo” AJ tomonidan iqtisodiy o‘sishning doimiy sur’atlariga va elektroenergetika sohasining barqaror ishlashiga erishish maqsadida ishlab chiqarish harajatlarini qisqartirish hamda ishlab chiqarilayotgan va ishlab chiqarish mo‘ljallanayotgan mahsulotlar tannarxini pasaytirishni ta’minlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. 2017 yilning 9 oyi davomida tannarxni pasaytirish parametrlari 100,8 foizni tashkil etdi.

Joriy yilning o‘tgan davrida tovar mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi 100,2 foizni tashkil etdi. Korxonalarda mahalliy xom ashyo asosida mahalliylashtirilgan mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriq 120,4 foizga bajarildi. Mahsulot va xizmatlarni eksport qilish 105,6 foizga bajarildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida 2017 yilga mo‘ljallangan investitsion dastur to‘g‘risida”gi 2016 yil 23 dekabrdagi PQ-2697-sonli qaroriga muvofiq yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish va amaldagilarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga qaratilgan 29ta yirik investitsiyaviy loyihani amalga oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirildi.

“Navoiy IESni quvvati 450 MVtga teng ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish bilan kengaytirish” va “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida tarkibida quvvatlari 450 MVtdan bo‘lgan bug‘-gaz qurilmalarining ikkita bloki bo‘lgan umumiy quvvati 900 MVtga teng yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihalari bo‘yicha «Mitsubishi Corporation» va «Mitsubishi Hitachi Power Systems, Ltd.» (Yaponiya) kompaniyalari konsorsiumi bilan qo‘shimcha ehtiyot qismlar yetkazib berish va shef-montaj ishlari bo‘yicha qo‘shimcha xizmat ko‘rsatish yuzasidan qo‘shimcha bitimlar imzolandi.

“Pop-Qo‘qon-Andijon” hududida qurilayotgan elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasini tortish podstansiyalarining tashqi elektr ta’minoti ob’ektlarini qurish” loyihasi bo‘yicha qurilish-montaj ishlari davom ettirilmoqda: 3ta piketda poydevor qo‘yildi va tayanchlarni yig‘ish ishlari olib borilyapti.

“Taxiatosh IESda quvvati 230-280 MVtga teng ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish” loyihasi bo‘yicha “HYUNDAI Engineering Company Limited” va “Hyundai Engineering & Construction Company Ltd.” (Koreya) kompaniyalari konsorsiumi bilan hamkorlikda ishlar boshlandi.

“500 kVli “Chodak-To‘raqo‘rg‘on” podstansiyaningqurilishi” loyihasi doirasida poydevorlarni montaj qilish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

“Butun Respublika bo‘ylab 0,4-6-10 kVli taqsimlash tarmoqlari va elektr ta’minoti ob’ektlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash” loyihasi bo‘yicha 2344,1 km elektr uzatish liniyasi rekonstruksiya qilindi va 740ta transformator punkti o‘rnatildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 29 maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-5059-sonli farmoniga, shuningdek O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yo‘l haritasini” tasdiqlash va O’zbekiston Respublikasida ASKUE ni joriy qilishni davom ettirish bo‘yicha farmoyishiga muvofiq “Elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha direksiya” MChJ bo‘linmasini tashkil etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.

Elektr energiyasini hisobga olish tizimini modernizatsiyalash loyihalari bo‘yicha “O’zbekenergo” AJ korxonalari tomonidan elektr energiyasini hisobga olishning zamonaviy elektron asboblarini joriy etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Joriy etilangandan buyon o‘tgan davr mobaynida yuridik iste’molchilarga 245,6 mingtadan ortiq uch fazali va 188,6 mingtadan ortiq bir fazali elektron asboblar, maishiy iste’molchilarga 39,7 mingtadan ortiq uch fazali va 4640,8 mingtadan ortiq bir fazali elektr energiyasini hisobga olishning elektron asboblari o‘rnatib berildi. “O’zbekenergo” AJda kuz-qish mavsumiga energotizimni o‘z vaqtida tayyorlash maqsadida tarmoq tadbirlari, asosiy energiya uskunlarini ta’mirlash jadvali ishlab chiqildi va tasdiqlandi, elektr stansiyalari va tarmoqlarini qishki sharoitda ishlashga tayyorlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiyalar tuzildi.

“Elektr tarmoqlariga ulanish va tadbirkorlik sub’ektlarining elektr qurilmalarini elektr tarmoqlariga ulash uchun “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha texnik shartlarini taqdim etish bo‘yicha axborot tizimini ishlab chiqish” loyihasi yuzasidan “LG CNS Uzbekistan” QK MChJ bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq dasturiy ta’minot ishlab chiqildi, dasturiy ta’minot sinovi va boshqa tizimlar, xususan “Toshkent shahar ETK” AJ va “Toshkent HETK” AJ bazasidagi Yagona Darcha Markazi bilan sinov integratsiyasi amalga oshirilmoqda.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” tarmoq Dasturi bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish uchun sarf-harajatlar 2017 yilning yanvar-sentabr oylarida 208630,5 mln. so‘m va 121, 42 mln. AQSh dollarni tashkil etdi.

Oziq-ovqat dasturi doirasida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.

“O’zbekenergo” AJning 2017 yil I yarim yillik ishlab chiqarishning

asosiy ko‘rsatkichlari

Asosiy ko‘rsatkichlar

O’lchov birligi

2017 yil I yarim yillik ko‘rsatkichlar

(tezkor ma’lumot)

I.

Elektr energiyani ishlab chiqarish:



1.

O’zbekiston Respublikasi bo‘yicha

mlrd. kVt·s

30,9

1.1.

“O’zbekenergo” AJ bo‘yicha

- “ -

29,7


shu jumladan: IESlarda

- “ -

26,4


GESlarda

- “ -

3,31

1.2.

blokstansiyalar bo‘yicha

- “ -

1,11

II.

Issiqlik energiyasini yetkazib berish

mln.Gkal

4,1

III.

Investitsion loyihalar bo‘yicha jami o‘zlashtirilgan

mlrd.so‘m

300,2


shu jumladan:

- “O’zbekenergo” AJ mablag‘lari (soha mablag‘lari)

mlrd.so‘m

134,3


- O’zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi xorijiy kreditlar

- “ -

162,8

“O’ZBEKENERGO” AJ FAOLIYATINING 2017 YIL I YARIM YILLIK YAKUNLARI

“O’zbekenergo” AJ energetika korxonalarining barqaror ishlashini ta’minlash hamda 2017 yil ishlab chiqarish faoliyatining prognoz ko‘rsatgichlariga erishish uchun bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jadal iqtisodiy o‘sishda va sohaning barqaror ishlashida yuqori darajaga erishish maqsadida korxona va tashkilotlar kesimida 2017 yilda ishlab chiqarish mahsuloti tannarxini kamaytirish bo‘yicha chora - tadbirlar ishlab chiqilgan bo‘lib, I yarim yillikda mahsulot tannarxining pasayishi 101,7 foizni tashkil etdi.

2017 yilning I yarim yilligida jamiyat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish faoliyatining prognoz ko‘rsatgichlarini bajarilishi ta’minlandi. Soha bo‘yicha tovar mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 106,0 foizni tashkil etdi.

Jamiyat korxonalarida mahalliy xom-ashyo asosida mahalliylashtirilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha topshiriqning bajarilishi 100 foizni tashkil etdi.

Prezidentimizning 2016 yil 23 dekabrdagi “O’zbekiston Respublikasining 2017 yilgi Investitsiya dasturi to‘g‘risida”gi PQ-2697-sonli qaroriga muvofiq, “O’zbekenergo” AJ tomonidan investitsiya loyihalari doirasida yangi ishlab chiqarish jarayonlarini yaratish, mavjudlarini ta’mirlash va modernizatsiyalash ishlari davom etmoqda.

Xususan, “Qandim gazni qayta ishlash zavodining tashqi elektr energiyasi ta’minotini barpo etish” loyihasi doirasida qurilish-montaj ishlari yakunlanib 89,4 km uzunligida “Buxoro” – “Qandim” NS 220 kV li havo liniyasi kuchlanish ostiga qo‘yildi.

“Sirdaryo viloyatida quvvati 450 MVtga ega bo‘lgan bug‘-gaz qurilmalarining ikkita blokidan iborat yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan o‘tkazilgan tender tanlovida loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish va loyihalashtirish, shuningdek, “tayyor holda topshirish” sharti bilan issiqlik elektr stansiyasini qurish uchun tender hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha Fransiyaning EDF kompaniyasi g‘olib deb topildi.

“Navoiy IESni quvvati 450 MVtga ega bo‘lgan ikkinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish bilan kengaytirish” va “Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida umumiy quvvati 900 MVtga teng bo‘lgan yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihalari bo‘yicha “tayyor holda topshirish” sharti bilan bosh pudratchi - Yaponiyaning “Mitsubishi Corporation” va “Mitsubishi Hitachi Power Systems, Ltd” kompaniyalari konsorsiumi bilan kelishuv (kontrakt) asosida ishlar boshlandi.

“Tahiatosh IESda quvvati 230-280 MVtga ega bo‘lgan ikkita bug‘-gaz qurilmasini qurish” loyihasi bo‘yicha bosh pudratchini tanlash tender tanlovi g‘olibi Koreyaning “Hyundai Engineering Co. Ltd” va “Hyundai Engineering&Construction Company Ltd”» kompaniyalari konsorsiumi bilan kelishuv (kontrakt) imzolandi.

“Farg‘ona IYEM” AJda RK-3 shahar qozonxonasi va yuqori samarali kongeneratsion gaz qurilmalarini tatbiq etish” loyihasi amalga oshirilishi bo‘yicha O’zbekiston Respublikasi va Yaponiya davlatining “NEDO” tashkiloti o‘rtasida kelishuv bitimi imzolandi.

“500 kVli “Chodak-Turaqo‘rg‘on” nimstansiyasining qurilishi” loyihasi bo‘yicha 507 kV dan yuqori kuchlanishli “Regar-Guzar” liniyalarida uzunligi 33,9 km bo‘lgan qismida demontaj ishlari olib borildi va 89 ta ustun o‘rnatildi. Yuqori kuchlanishli yangi liniyalarda poydevor va ustunlar o‘rnatish ishlari boshlandi.

“2017-2021 yillarda qishloq joylarida yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylarni qurish dasturi” asosida yangi individual uy-joy qurish loyihalari doirasida tashqi elektr ta’minoti ob’ektlarini qurish va ishga tushirish bo‘yicha uzunligi 48.9 km bo‘lgan yuqori kuchlanishli 0,4-10 kVli liniya va 34 ta komplekt transformator nimstansiyalari o‘rnatildi.

O’zbekiston Respublika Prezidentining joriy yil 29 maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5059-sonli farmoniga muvofiq, ASKUEni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalarni har tomonlama ko‘rikdan o‘tkazish uchun chora-tadbirlar va Respublikaning barcha viloyatlarida yagona tizimga integratsiya qilish uchun yagona konsepsiya texnik shartlarini unifikatsiyalanganligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi nazarda tutilgan.

“Respublika bo‘ylab 0,4-6-10 kVli taqsimlash tarmoqlari va elektr bilan ta’minlash ob’ektlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash” loyihasi bo‘yicha 808 km uzunlikda havo liniyasi qurilib 261 ta transformator punktlari o‘rnatildi.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan iste’mol qilingan elektr energiyasini hisoblash uchun zamonaviy elektron uskunalarini joriy etish ishlari olib borilmoqda. Joriy etilgandan buyon o‘tgan vaqt davomida yuridik iste’molchilarga 243,3 mingta uch fazali, 183,0 mingta bir fazali elektr energiyasini hisoblash elektron asbobi, maishiy iste’molchilarga 37,5 mingta uch fazali, 4468,4 mingta bir fazali elektr energiyasini hisoblash elektron asbobi o‘rnatildi.

Shuningdek, “O’zbekenergo” AJda ishchi va mutaxassislarni tayyorlash va malaka oshirishlari bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 2017 yil I yarim yilligida 9500 nafar xodim o‘qitildi, ulardan: 1317 nafar ishchi va 417 nafar muhandislar tayyorlandi hamda 6435 nafar ishchi va 1331 nafar muhandislarning malakasi oshirildi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 7 fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida” PF-4947-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida “O’zbekenergo” AJda ijtimoiy sohani rivojlantirish bo‘yicha Sohaviy dastur ishlab chiqilib, ushbu dastur asosida prognoz parametrlarini bajarish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

2017 yilning I yarim yillik Sohaviy dasturi bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 105.7 mlrd.so‘m va 39.24 mln.AQSh dollari miqdorida sarf-harajatlar qilindi.

Shuningdek, Oziq-ovqat dasturi doirasida “O’zbekenergo” AJ tomonidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish xajmini oshirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

“O`zbekenergo” AJning 2017 yil I-choragidagi ishlab chiqarishning

asosiy ko`rsatkichlari

Asosiy ko`rsatkichlar

O`lchov birligi

2017 yil 1 чорак ko`rsatkichlar

(tezkor ma’lumot)

I.

Elektr energiyani ishlab chiqarish:



1.

O`zbekiston Respublikasi bo`yicha

mlrd. kVt·s

16,4

1.1.

“O`zbekenergo” AJ bo`yicha

- “ -

16,1


shu jumladan: IESlarda

- “ -

15,0


GESlarda

- “ -

1,1

1.2.

blokstansiyalar bo`yicha

- “ -

0,3

II.

Elektr energiyasi eksporti

- “ -

0,6

III.

Issiqlik energiyasini yetkazib berish

mln.Gkal

2,7

IV.

Investitsion loyihalar bo`yicha jami o`zlashtirilgan

mlrd.so`m

71,1


shu jumladan:

- xususiy mablag‘lar

mlrd.so`m

50,6


- O`zbekiston Respublikasi Hukumati kafolati ostidagi xorijiy kreditlar

- “ -

20,5

“O`zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyatining

2017 yil I chorakdagi qisqacha yakunlari

 

“O`zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatida energetika korxonalarining barqaror ishlashi uchun zarur choralar ko`rilmoqda. “O`zbekenergo” AJ tomonidan elektr energetikasi sohasi iqtisodiy o`sishining doimiy sur’atlari va barqaror ishlashiga erishish maqsadida ishlab chiqarilayotgan, hamda ishlab chiqarish rejalashtirilgan mahsulotlar tannarxining pasayishi va ishlab chiqarish xarajatlarining qisqarishini ta’minlovchi choralar kompleksi ishlab chiqildi.

Joriy yilning birinchi choragida mahsulot tannarxining pasayishi 101,7 foizni tashkil etdi.

Jamiyat korxonalari tomonidan ishlab chiqarish faoliyatining prognoz parametrlarining bajarilishi ta’minlanmoqda. Soha bo‘yicha 2017 yilning              I choragi yakunlariga ko`ra mahsulot ishlab chiqarishning hajmi 105,0 foizni tashkil etdi. 16,1 mlrd. kVt·s miqdorida elektr energiyasi bilan ta’minlandi. 2778,9 ming Gkal. miqdorda issiqlik energiyasi yetkazib berildi. 

Mahsulot va xizmatlar eksporti bo`yicha prognoz ko‘rsatkichlari            104,3 foizga bajarildi. Umumiy qiymati 757,2 mln. so`mga teng mahalliy mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Tarmoqlarga xizmat ko`rsatish hamda loyiha-tadqiqot va qurilish-montaj ishlari  bo`yicha xizmatlar ko`rsatildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 23 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasining 2017 yilga mo`ljallangan investitsion dasturi to`g‘risida”gi PQ-2697 sonli qaroriga muvofiq “O`zbekenergo” AJ tomonidan yangi ishlab chiqarish jarayonlarini yaratish, mavjudlarini ta’mirlash va modernizatsiyalash bo`yicha 29 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Xususan, “Sirdaryo viloyatida quvvati 450 MVt ga ega bo`lgan bug‘-gaz qurilmalarining ikkita blokidan iborat yangi issiqlik elektr stansiyasini qurish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan loyihaning texnik iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun maslahatchi tanlash bo`yicha, shuningdek “tayyor holda topshirish” sharti bilan issiqlik elektr stansiyasini qurish uchun tender hujjatlarini tayyorlash bo`yicha ishlar olib borilmoqda.

“Qandim gazni qayta ishlash zavodining tashqi elektr energiyasi ta’minotini barpo etish” loyihasiga muvofiq 500 kV li “Qorako`l” va “Buxoro” podstansiyalarida ochiq tarqatish qurilmasi (OTQ)ni kengaytirish bo`yicha qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Shuningdek “Buxoro” – “Qandim” podstansiyalarida 220 kV li havo liniyasida tayanchlarni o`rnatish va simlarni montaj qilish bo`yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

“Elektr energiyasi iste’molini hisoblash va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy qilish loyihasi bo`yicha. O`zbekiston Respublikasining Buxoro, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 0,4 kV iste’molchilarning elektr energiyasini iste’mol qilishini hisoblash tizimi” loyihasi bo`yicha “KT” kompaniyasi (Koreya) bilan “tayyor holda topshirish” sharti asosida tuzilgan shartnomasiga muvofiq ish olib borilmoqda. Hozirgi vaqtda Samarqand, Buxoro va Jizzax viloyatlarida hisoblash asboblarini o`rnatish va server uskunalarini ma’lumotlar konsentratorlari bilan integratsiyalash, shuningdek, 0,4 kVli tarmoqlariga hisoblash asboblarini o`rnatishga tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqa. 

Bugungi kunda “Respublika bo`ylab 0,4-6-10 kVli taqsimlash tarmoqlari va elektr bilan ta’minlash ob’ektlarini rivojlantirish va modernizatsiyalash” loyihasi bo`yicha qurilish-montaj ishlar olib borilmoqda. Umumiy uzunligi 143,5 kmga teng havo liniyasi qurildi va 64 ta transformator stansiyalari o`rnatildi.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasini hisoblashning zamonaviy elektron asboblarini joriy etish bo`yicha ishlar olib borilmoqda. Joriy etilgandan buyon o`tgan vaqt davomida yuridik iste’molchilarga 243,4 mingta uch fazali, 181,3 mingta bir fazali elektr energiyasini hisoblash elektron asbobi; maishiy iste’molchilarga 34,7 mingta uch fazali, 4370,2 mingta bir fazali elektr energiyasini hisoblash elektron asbobi o`rnatildi.

“O`zbekenergo” AJ bo`yicha ijtimoiy sohani rivojlantirishga, aholini elektr energiyasi bilan ta’minlanishni yaxshilashga, energetika sohasi xodimlarining ijtimoiy himoyasini kuchaytirishga ko`maklashishga mo`ljallangan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yillik dasturi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. 

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” sohaviy dasturining 2017 yil I choragida tadbirlarni amalga oshirish xarajatlari 32,6 mlrd. so`mni tashkil etdi.



Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech