Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

So‘nggi yillarda ijtimoiy ishlab chiqarish yuqori sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bu esa jamiyatning tabiatga ta’sirini oshirishga hamda atrof-muhitdagi salbiy o‘zgarishlarga, tirik organizmlar uchun zararli bo‘lgan moddalar bilan ifloslanishiga, shuningdek, tabiiy tizimlarning dinamik muvozanatining buzilishiga olib kelmoqda. Iqtisodiyotni boshqarishda ekologik tadbirlar muhim o‘rin tutadi va korxonalar faoliyatining iqtisodiy mexanizmlarida ajralmas qismi sifatida qaraladi.

“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati O’zbekiston Respublikasida elektr va issiqlik energiyasini yirik ishlab chiqaruvchisi va yetkazib beruvchisi sifatida iqtisodiyot tarmoqlari va aholining elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘liq qondiradi. Har bir sanoat korxonasi hal qilishi kerak bo‘lgan muammolardan biri - ekologik nazorat tizimini tashkil etishdir.

“O’zbekenergo” AJning ekologik faoliyati - asosiy ishlab chiqarishning atrof-muhitga bo‘lgan zararli ta’sirini oldini olish va kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmuidan iborat.

Atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi idoraviy nazorat “O’zbekenergo” AJning “Atrof muhitni muhofaza qilish xizmati” tomonidan amalga oshiriladi.

“O’zbekenergo” AJ korxonalarining atrof muhitga zararli bo‘lgan ta’sirini kamaytirish va iqlim o‘zgarishlariga qaratilgan ekologik tadbirlarini tashkil qilish va muvofiqlashtirish, ekologik me’yoriy-xuquqiy hujjatlariga rioya qilinishini nazorat qilish; atrof muhitni ifloslantiruvchi moddalar (chiqindilar)ning belgilangan standarti va ishlab chiqarishda ruxsat etilgan maksimal chegaralari, kul va shlakli chiqindilarning hosil bo‘lishi va ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish xizmatning asosiy vazifasi hisoblanadi.

“O’zbekenergo” AJ korxonalarining atrof-muhitni muhofaza qilish faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 27 mayida qabul qilingan “O’zbekiston Respublikasining 2013-2017 yillarga mo‘ljallangan atrof muhitni muhofaza qilish dasturi” to‘g‘risidagi 142-sonli qaroriga muvofiq, ishlab chiqarish xo‘jalik faoliyatida chiqindilarni atmosferaga chiqarib tashlash va atrof muhitni ifloslanishini bartaraf etishga qaratilgan bir qator tadbirlar hamda O’zbekiston Respublikasi Ekologiya davlat qo‘mitasi bilan kelishilgan “Tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan tarmoqlararo kompleks dasturi” doirasida amalga oshiriladi.

Shuningdek, tabiatni muhofaza qilish tadbirlari har yili ishlab chiqiladigan “Atrof muhitni muhofaza qilish bo‘yicha asosiy tadbirlar” rejasida va jamiyatning “O’zbekenergo” AJni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi 21-sonli buyrug‘ida aks etilgan.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 1 maydagi 199-sonli “O’zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhit ifloslantirganligi va chiqindilar joylashtirganligi uchun to‘lovlar tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori asosida energetika tizimining asosiy korxonalari har chorakda atrof muhitni ifloslantirganligi uchun kompensatsiya to‘lovlarini to‘laydi.

“O’zbekenergo” AJ investitsion dasturi doirasida so‘ngi yillarda elektr energetikasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha bir qator loyihalarni amalga oshirdi. Issiqlik elektr stansiyalarini modernizatsiya qilish ekologik xususiyatga ega bo‘lib, energetika tizimi korxonalarining atrof muhitga zararli ta’sirining kamayishiga olib keladi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech