Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A
MUSTAFOYEV ULUG‘BEK MAVLONOVICH
“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi Raisi
Telefon:
(0371)233-61-28
Faks:
(0371) 236-27-00
Elektron pochta: info@uzbekenergo.uz

1968 yil 14 avgustda tug‘ilgan.

1991 yilda Toshkent Xalq xo‘jaligi institutini tamomlagan.

1991-1992 yy. - Sanoatqurilish bankining Jizzax viloyati X.Olimjon bo‘limida katta mutaxassis;

1992-1999 yy. -  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Jizzax viloyati Bosh boshqarmasi rahbari;

1999-2000 yy. - O’zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki Jizzax viloyati filiali boshlig‘i;

2000-2003 yy. -  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Jizzax viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i;

2003-2004 yy. -  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Iqtisodiy tahlil departamenti direktori;

2004-2006 yy. -  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i;

2006-2007 yy. -  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari;

2007-2010 yy. -  Respublika aksiyadorlik-tijorat Sanoat-qurilish banki boshqaruvi Raisi;

2010-2016 yy. -  O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining birinchi o‘rinbosari;

2016-2017 yy. -  O’zbekiston Respublikasi Jizzax viloyati Hokimining birinchi o‘rinbosari;

2017 yil 13 iyundan “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi Raisi.

“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi raisining lavozim majburiyatlari

“O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatini boshqarishda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O’zbekiston Respublikasining “Elektr energiyasidan ratsional foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasining “Elektr energetikasi to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarorlari, “O’zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati Ustavi va boshqalarga tayanadi.

Elektr energetikasi va ko‘mir sanoatini rivojlantirish bo‘yicha konsepsiyalar va milliy dasturni ishlab chiqish masalalariga rahbarlik qiladi. Elektr energetikasi va ko‘mir sohasidagi ekspluatatsiya faoliyati, qurilish-montaj ishlab chiqarish, loyiha-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi. “O’zbekenergo” AJ moliyaviy masalasini o‘ziga qonunchilik va “O’zbekenergo” AJ Ustavi tomonidan berilgan huquqlari chegarasida hal qiladi. “O’zbekenergo” AJning tashki iqtisodiy faoliyati ustidai nazoratni amalga oshiradi va qonunchilikda belgilangan tartibda yangi xalqaro iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘yadi.
Du
Se
Cho
10:00 - 12:00
Pa
Ju
Sha
Ya
Qabuliga yozilish

Shaxsiy kabinet

maishiy iste'molchilar uchun
  • Elektr energiyasi uchun to'lov qulaylik
  • SMS to'lovlar xabardor
  • Axborot SMS xabar
  • Nazorat xarajatlar
Kabinetga o`tish
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech